Jamiyat | 09:33 / 15.06.2025
3098
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda o‘zini profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqarodan pul olayotgan shaxs ushlandi

Foto: Videodan kadr

Qashqadaryoda soxta profilaktika inspektori qo‘lga olindi, deb xabar berdi IIV matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs o‘zini hududiy profilaktika inspektori deb tanishtirib, fuqaroga uning ustidan ariza tushganligi, qo‘lda turli foto va videotasvirlar borligini aytib, bo‘limga chaqiradi.

Ayol borolmasligini ma’lum qilgan, o‘zini profilaktika inspektori deb tanishtirgan shaxs esa ayoldan ishini hal qilib berishi uchun 500 dollar talab qilgan.

Uning so‘zlariga ishongan ayol shaxsiy ma’lumotlari oshkor bo‘lmasligi uchun soxta profilaktika inspektori talab qilgan pullarni uning plastik kartasiga tashlab beradi.

Soxta profilaktika inspektori yana 1,5 mln so‘m talab qilib, pulni olayotgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “v” bandi (tovlamachilik bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Mavzuga oid