Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bo‘stonliqda profilaktika inspektori xotini va 7 oylik chaqalog‘ini, so‘ngra o‘zini otib o‘ldirdi
Voqea 6 avgust kuni tunda sodir bo‘lgan. Bo‘stonliq tumanida xizmat xonadonida yashovchi profilaktika inspektori “PM tabel” quroli bilan avvaliga turmush o‘rtog‘i va 7 oylik o‘g‘il farzandiga, so‘ngra o‘ziga o‘q uzgan.
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida dahshatli voqea sodir bo‘ldi: profilaktika inspektori o‘ziga topshirilgan to‘pponcha bilan avvaliga turmush o‘rtog‘i hamda farzandini, so‘ngra esa o‘zini otib o‘ldirgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar berdi.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov bu ma’lumotni tasdiqladi. Uning ma’lum qilishicha, holat 6 avgust kuni soat 21:00 larda sodir bo‘lgan.
Bo‘stonliq tumanida xizmat xonadonida yashagan, 1996 yilda tug‘ilgan Bo‘stonliq tumani IIB JXX XPB profilaktika inspektori turmush o‘rtog‘i bilan o‘rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik davomida o‘ziga biriktirilgan “PM tabel” quroli bilan turmush o‘rtog‘i va 2024 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga o‘q uzib, qasddan o‘ldirgan.
Shundan so‘ng, u jinoiy qilmishidan qutulib qolish maqsadida qurol bilan o‘zining ham boshiga o‘q uzgan.
Mazkur holat yuzasidan Bo‘stonliq tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

13:58 / 31.07.2025
Burchmulla o‘rmon xo‘jaligida yong‘in chiqdi

15:01 / 07.07.2025
Burchmullada yirik shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi

20:39 / 02.07.2025
Xo‘jaobodda qotillik qurboni bo‘lgan profilaktika inspektori so‘nggi manzilga davlat madhiyasi sadolari ostida kuzatildi

15:11 / 28.06.2025