Dunyodagi eng xavfli shaharlar ma'lum qilindi

Meksikaning “Jamoat xavfsizligi va jinoiy adliya bo‘yicha fuqarolik kengashi” nodavlat tashkiloti ekspertlari 2017 yilda dunyoning eng xavfli shaharlari reytingini tuzib chiqishdi.
Birinchi o‘rinni Meksikadagi Los-Kabos shahri egalladi, undagi qotillik darajasi har yuz ming kishiga deyarli 111 holatga teng bo‘ldi. Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Venesuela poytaxti Karakas joy oldi. Jahondagi eng xavfli shaharlar uchligiga Meksikaning Akapulko shahri yakun yasab berdi.
Hammasi bo‘lib reytingdan 50 shahar joy oldi, ularning aksariyati Lotin Amerikasida joylashgan. Eng ko‘p shaharlar Braziliya va Meksikadan – mos ravishda 17 va 12.
Mavzuga oid

17:39
Meksikada avtobuslar ishtirokidagi ikkita YTHda 25 kishi halok bo‘ldi

11:53 / 10.03.2025
Ozodlikdan mahrum qilingan 20 ming kishi, 4 barobarga oshgan talon-torojlar – jinoyatchilik statistikasi

20:40 / 01.03.2025
AQSh Tramp talablari bajarilmasa, Meksikaga «harbiy harakatlar» bilan tahdid qildi

18:08 / 28.02.2025