AQSh ketidan Gvatemala: Al-Quds Isroil poytaxtiga aylanmoqda

Foto: Reuters
Gvatemala prezidenti Jimmi Morales mamlakatning Isroildagi elchixonasini Al-Quds shahriga ko‘chirishini bildirdi. Morales joriy yilning 6 dekabr kuni e'lon qilingan AQSh prezidenti Donald Trampning qarorini qisman ma'qullab, elchixonasini Al-Quds shahriga ko‘chirishini bildirgan ikkinchi davlat rahbari bo‘ldi. Prezidentning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifasida shu haqda xabar qoldirilgan.
Uning yozishicha, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali suhbatlashgach, ushbu qarorga kelgan.
Payshanba kuni o‘tkazilgan BMT Bosh Assambleyasining navbatdagi yig‘ilishida jahonning 128ta mamlakati prezident Donald Trampning qarorini yoqlamasdan, rezolyutsiya qabul qilgandi. Xususan, O‘zbekiston ham mazkur davlatlar tarkibida ovoz bergan.
Garchi jahon hamjamiyati Al-Quds shahrining betaraflik maqomini tan olsada, Isroil rasmiylari birma-bir Gvatemala prezidenti e'lon qilgan xabarga ijobiy munosabatda ekanini bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, rasmiy vakolatxona hamda elchixonalar asosan davlat poytaxtida ochiladi, shuningdek, poytaxtning rasmiy maqomi shu kabi diplomatik "yurishlar" bilan aniqlanadi.
Mavzuga oid

00:49 / 11.02.2025
Gvatemalada yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan jarga quladi. Kamida 51 kishi halok bo‘ldi

18:21 / 08.11.2024
Gvatemalada sobiq Bosh shtab boshlig‘i uchun qariyb 3 ming yil qamoq jazosi so‘raldi

23:09 / 05.10.2024
Gvatemalada o‘zbek migrantlari kontrabandasi bilan shug‘ullangan politsiyachilar hibsga olindi

22:45 / 19.08.2024