Ispaniya soliq idorasi yana bir futbolchini tekshirmoqda

Ispaniya soliq idoralari «Real» yarim himoyachisi Xames Rodrigesga rasman ayblov qo‘yishi mumkin.
OK Diario tarqatgan xabarga ko‘ra, soliqchilar ushbu kolumbiyalik futbolchi va uning agentining moliyaviy hujjatlarini tekshirish ishlarini boshlagan. 2014 yilda «Monako»dan «Real»ga o‘tgan Xames soliqlardan qochish maqsadida offshor kompaniya xizmatidan foydalangan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Bungacha xuddi shunday tekshiruv ishlari «Real»ning boshqa futbolchilari, hozirda ham jamoa a'zosi hisoblanadigan Krishtianu Ronaldu hamda jamoaning sobiq futbolchisi Anxel Di Mariyaga nisbatan o‘tkazilgandi. Shuningdek, Luka Modrich Xorvatiyada tergovga chaqirilgan.
Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:30 / 02.03.2025
«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

12:56 / 24.02.2025