Transfer bo‘yicha taqiq yechilgach «Real» 100 mln yevrolik futbolchi olmoqchi
«Yuventus» jamoasi hujumchisi Paulo Dibala «Real» jamoasi qiziqishlari doirasiga tushgan.
22 yoshli argentinalik futbolchini sotib olish g‘oyasi madridliklar jamoasi prezidenti Florentino Peres tomonidan ilgari surilmoqda.
«Real» 2018 yilning yanvarida transferlarga qo‘yilgan taqiq bekor bo‘lgach Dibala uchun 100 million yevro sarflashni rejalashtirgan.
Agar FIFA muddatidan oldin taqiqni yechadigan bo‘lsa, ushbu transfer keyingi yilning yozidayoqa amalga oshirilishi mumkin.
Dibala joriy mavsumda jamoasi safida 8ta o‘yin o‘tkazib, 3 gol urgan va 2 golga hammuallif bo‘lgan.
Qayd etish kerakki, u o‘z intervyularida bir necha marta «Barselona» va «Manchester Siti» jamoalariga muxlis ekanini aytib o‘tgandi.
Mavzuga oid

13:53 / 10.03.2025
«Real» «Barsa»ga yetib oldi, «Roma»da g‘alabali seriya. Kun o‘yinlari

12:16 / 05.03.2025
Madrid derbisida shedevr gollar, «Arsenal»da rekord hisob. YeChLda kun o‘yinlari

12:30 / 02.03.2025
«Real»da sensatsion mag‘lubiyat, «Siti» kubok yutmoqchi. Kun o‘yinlari

12:56 / 24.02.2025