Myanma prezidenti va davlat maslahatchisi sud oldida javob beradi 

Jahon 22:32 / 15.02.2021 5711

Ularning ikkisi ham 1 fevralda myanmalik harbiylar tomonidan hokimiyatdan chetlatilgandi.  

Aung San Suu Ki va Vin Min sud oldida videoaloqa orqali javob beradi.

3 fevralda ularga 3 yillik qamoq jazosiga olib kelishi mumkin bo‘lgan turli ayblovlar bildirilgandi. Jumladan, Aun San Su Chji import/eksport haqidagi qonunni buzishda, prezident Vin Min esa koronavirus epidemiyasi vaqtida tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish haqidagi qonunga xilof ravishda rafiqasi bilan birgalikda mamlakatning ko‘plab hududlariga tashrif buyurishda ayblanmoqda. Bundan tashqari, Aung San Suu Kining “Demokratiya uchun milliy liga” partiyasidagi o‘rinbosari Vin Txeyn ham isyonga chorlash ayblovi bilan 19 fevralda sud oldida javob beradi.    

1 fevralda myanmalik harbiylar mamlakatda bir yilga favqulodda holat kiritilishini va mamlakat rahbariyati hokimiyatdan chetlatilishini e'lon qilgandi. Ular bu harakatlarini 2020 yil noyabrda o‘tgan parlament saylovlarida soxtalashtirishlarga yo‘l qo‘yilgani bilan tushuntirishgan. Harbiylar prezident Vin Minni va partiyasi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan Aung San Suu Kini hibsga olishgan.

Ko‘proq yangiliklar: