AQSh ittifoqchilari bilan LockBit hakerlari yetakchisiga qarshi sanksiyalar joriy qildi

Jahon 08:26 / 08.05.2024 3107

AQSh, Britaniya va Avstraliya rossiyalik Dmitriy Xoroshevga qarshi sanksiyalar joriy qildi, u amerikalik va britaniyalik tergovchilarga ko‘ra, LockBit hakerlik guruhi asoschisi va rahbari hisoblanadi. 7 may, seshanba kuni AQSh Adliya vazirligi Xoroshevni hibsga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 10 million dollargacha mukofot va’da qildi.

«LockBitSupp, LockBit va putinkrab laqablari bilan ham tanilgan Dmitriy Yurevich Xoroshev, Rossiyaning Voronej shahridan, 31 yoshda, Nyu-Jyersi okrug sudida 26 ta band bo‘yicha ayblangan», — deyiladi departament matbuot xizmatida. Gap firibgarlik va tovlamachilikning har xil turlari haqida bormoqda. Bu ayblovlar uchun maksimal jazo jami 185 yil qamoq hisoblanadi.

AQSh Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, LockBit guruhi faoliyatidan 2000 dan ortiq odam zarar ko‘rgan, ulardan 100 million AQSh dollari to‘lov dasturi yordamida o‘g‘irlangan.

Fevral oyida AQSh, Britaniya va boshqa mamlakatlardan xalqaro tergov guruhi LockBit infratuzilmasini yo‘q qilgani va hakerlar guruhining 200 ga yaqin a’zolari ro‘yxatiga kirish imkoniga ega bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Biroq, LockBit tez orada uning serverlari tiklanganini e’lon qildi.

Rossiyalik hakerlar Germaniya va Chexiyaga hujum qildi

May oyi boshida Germaniya va Chexiya ushbu mamlakatlardagi bir qator siyosiy tuzilmalarga kiberhujumlar Rossiya harbiy razvedkasi bilan bog‘liq deb hisoblangan APT28 hakerlik guruhi tomonidan amalga oshirilganini ma’lum qilgan edi. Shu munosabat bilan Germaniya Rossiyadan o‘z elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirib oldi, Rossiya elchisi esa Chexiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. NATO va Yevropa Ittifoqi hujumlarni qoralab, Praga va Berlin bilan birdamlik bildirdi.

Oksford universiteti va Kanberradagi (Avstraliya) Yangi Janubiy Uels universiteti olimlarining yaqinda chop etilgan qo‘shma tadqiqotiga ko‘ra, Rossiya kiberjinoyatchilikdan eng katta xavf tug‘diradi. Rossiya Federatsiyasidan keyin Ukraina, Xitoy, AQSh va Nigeriya bu reytingda katta farq bilan bormoqda.

Ko‘proq yangiliklar: