O‘zbekistonda Vengriya va Yevropa kompaniyalari uchun maxsus iqtisodiy zona ishga tushiriladi

O‘zbekiston 08:46 / 08.05.2024 2246

Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni qo‘shma hukumatlararo komissiya tadbirlarida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyartoni qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan Vengriya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Sanoat, farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, logistika, ko‘chmas mulk obektlarini qurish va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni ilgari surish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Toshkent viloyatida Vengriya va Yevropa kompaniyalarining loyihalari uchun maxsus iqtisodiy zonani tez fursatda ishga tushirish muhimligi ta’kidlandi.

Ko‘proq yangiliklar: