Tibbiyot muassasalariga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxslar ushlandi

Jamiyat 08:07 / 08.05.2024 3954

O‘tkazilgan tezkor tadbirda Buloqboshi tumani tibbiyot birlashmasi statisti B.X. fuqaro T.Z.ni Marhamat tuman tibbiyot birlashmasi shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limiga hamda fuqaro T.Yu.ni viloyat tibbiyot muassasalaridan biriga ishga kiritib qo‘yishi evaziga har biri uchun 800 dollardan jami 1 600 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Xiva shahar bo‘limi DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.Ya. fuqaro N.Yu.ning qarindoshi M.I.ni go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1 500 dollar evaziga “Bekobod” qishloq vrachlik punktiga ishga kiritib qo‘yishini aytib, oldindan 1 000 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Olmazor tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Respublika tez tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filialining bo‘lim mudiri N.Z. (muqaddam sudlangan) fuqaro Z.A.ni Olmazor tumani tez tibbiy yordam bo‘limiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 5 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: