Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Livanda Bashar Asadning qarindoshlari hibsga olindi
Livan aeroportida Bashar Asadning amakivachchasini rafiqasi va qizi soxta pasportlar bilan mamlakatni tark etishga uringanida qo‘l tushdi.

Foto: Kataeb
Livan aeroportida Suriya sobiq prezidenti Bashar Asadning amakivachchasi Dureyd Asadning rafiqasi va qizi ushlandi.
Ular soxta xorijga chiqish pasportlari yordamida Livanni tark etishga uringanida qo‘lga tushgani aytilmoqda.
Qayd etilishicha, ayollar Bayrutdan Qohiraga uchmoqchi bo‘lgan. Asadning qarindoshlari qo‘lga olinganidan keyin Livan prokuraturasi ularni soxta hujjatlarni saqlash ayblovi bilan hibsda qoldirish bo‘yicha qaror chiqargan.
Bunga qadar Livan huquq-tartibot organlari mamlakat hududida Suriya sobiq rabariyatining yuqori martabali siyosatchilari va kuch tuzimalari vakillari yashirinayotganini rasman rad etgandi.
Dureyd Asad — Hofiz Asadning 1984 yilda hokimiyatni egallashga uringan ukasi Rifat Asadning o‘g‘lidir. To‘ntarish amalga oshmagach, u Fransiyaga qochib ketgan edi. 2021 yilda Bashar Asad 87 yoshli amakisining Suriyaga qaytishiga ruxsat bergan, faqat u siyosat bilan shug‘ullanmasligi kerak edi. Arab OAVning ma’lum qilishicha, Damashqdagi voqealardan keyin Rifat Asad oilasi bilan Livanga o‘tib ketgan.
8 dekabr kuni Suriyada 24 yildan beri hokimiyat tepasida bo‘lib kelgan Bashar Asad rejimi quladi. Asad prezidentlik lavozimini tashlab, qochib ketdi va Rossiyadan boshpana oldi. RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovga ko‘ra, Bashar Asad va uning oilasiga boshpana berish to‘g‘risidagi qarorni shaxsan Putinning o‘zi qabul qilgan.
Avvalroq The Wall Street Journal Suriyadagi rejim qulagach, butun dunyo bo‘ylab Bashar Asad oilasi tomonidan hokimiyatdagi 50 yildan oshiq vaqt davomida to‘plangan milliardlab dollar qiymatdagi naqd pullar hamda aktivlar uchun «global ov» boshlangani haqida yozgandi. Manbalarga ko‘ra, 2021 yilda butun Suriyaning yalpi ichki mahsuloti (YaIM) atigi 8,98 milliard dollarni (8,54 milliard yevro) tashkil etganiga qaramay, Bashar Asad oilasining aktivlari qiymati 12 milliard dollarga (11,4 milliard yevro) yetishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Navbatdagi cho‘pchak: O‘zbekistonda kriptovaluta “qazib oluvchi” uskuna ijarasidan daromad olish taklif etilmoqda
Jamiyat | 20:37 / 14.07.2025
Toshkentda piyodalarga yo‘l bermagan haydovchilarni qayd etuvchi kameralar ishga tushirildi
Jamiyat | 17:45 / 14.07.2025
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
14 iyulda o‘tgan test sinovi natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston | 23:48
-
Tramp Zelenskiy Moskvaga hujum qilmasligi kerakligini aytdi
Jahon | 23:36
-
Google neyrotarmog‘i yutqazish qo‘rquvi sabab shaxmat o‘ynashdan bosh tortdi
Fan-texnika | 23:22
-
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi
O‘zbekiston | 22:40
Mavzuga oid

21:50
Suriyada yana guruhlar orasida to‘qnashuvlar yuz berdi. Isroil vaziyatga aralashdi

20:21 / 14.07.2025
Suriyada badaviylar va druzlar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi

14:20 / 14.07.2025
Suriyada darziylar va sunniylar o‘rtasidagi janglarda 37 kishi halok bo‘ldi

19:18 / 12.07.2025