Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yilda O‘zbekistonda yangi gaz konlarini o‘zlashtirish boshlanadi

New Silk Road Oil & Gas Company Ltd O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi 2017 yilning ikkinchi yarmida Qorako‘l investitsiya blokidagi konlarni (Buxoro viloyati) jihozlash va u yerda gaz olishni boshlaydi. Bu haqda 2017 yil uchun mo‘ljallangan investitsiya dasturida aytilgan.
Dasturga ko‘ra, 377,5 mln dollarlik loyihaning "Xo‘jasayyod gaz-kondensat konining Dengizko‘l uchastkasi, Xo‘jadavlat GKK va Sharqiy Olat GKKni jihozlash" texnik-iqtisodiy asoslanishi hukumat tomonidan tasdiqlandi.
Texnik-iqtisodiy asoslanishga ko‘ra, konlarda loyihaviy quvvatlarga chiqqanda har yili 869,6 mln kub metr tabiiy gaz va 6,4 ming tonna kondensat olinadi.
Konlarni jihozlash bo‘yicha pudratchi sifatida Xitoyning CNPC kompaniyasi sho‘'ba korxonasi China Petroleum Engineering & Construction Corporation (CPECC) belgilandi, u Qorako‘l investitsiya blokidagi gaz konlarini ishga tayyorlash uchun ularni loyihalash, moddiy-texnik ta'minlash, infratuzilma obektlarini qurish va foydalanishga kiritishni amalga oshiradi.
Qorako‘l investitsiya blokidagi 11 ta ekspluatatsion quduqni qurishni XIBU Drilling Engineering Company Ltd, ta'mirlash va sinovdan o‘tkazishni China National Logging Corporation amalga oshiradi.
Loyiha CNPC kafolati ostidagi Xitoy kreditlari hisobiga moliyalashtiriladi.
2006 yilda Xitoyning neft va gazni qidirish va o‘zlashtirish bo‘yicha milliy korporatsiyasi (CNODC, CNPC tarkibiga kiradi) "O‘zbekneftgaz" bilan Ustyurt, Buxoro-Xiva va Farg‘ona neft-gaz hududlaridagi 5 ta investitsion blokda 5 yil davomida geologorazvedka ishlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvni imzolagandi. Loyihani amalga oshirish uchun CNPC Silk Road Group operatori tashkil etilgan.
2011 yilda Xitoy kompaniyasi geologorazvedka bo‘yicha barcha ishlarni to‘liq bajargan. Natijada Qorako‘l investitsiya blokida gaz qazib olish uchun istiqbolli uchta kon aniqlangan. Konlardagi zaxiralar hajmi ma'lum qilinmagan.
Ayni vaqtda CNPC O‘zbekistonda Turkmaniston-Xitoy gaz o‘tkazish tizimining O‘zbekistondagi qismini qurish va ekspluatatsiyasini amalga oshirishda ishtirok etmoqda.
Tavsiya etamiz
Yevropa Ittifoqining 18-sanksiyalar paketi Rossiyaga qanday ta’sir qiladi?
Jahon | 23:12 / 21.07.2025
Uy sotib olishda aldanib qolmaslik uchun nimalarga e’tibor qilish kerak?
Ko‘chmas mulk | 16:30 / 21.07.2025
Super-kontraktni bo‘lib-bo‘lib to‘lash mumkinmi?
Ta’lim | 11:29 / 21.07.2025
Davlat OTMga qabul kvotalari tasdiqlandi
Ta’lim | 11:09 / 21.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Britaniyada depressiyaga chalingan odamlarga futbolga borish tavsiya etildi
Sport | 23:20
-
AQSh Trampning yangi muddati davomida Ukrainaga birinchi harbiy yordam shartnomasini e’lon qildi
Jahon | 23:01
-
O‘zbek-qozoq chegarasidagi tunnel, ijtimoiy obektlar geoportali va Jizzaxga tashrif – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:54
-
Eron davlat xodimlarining iPhone’lari Isroil bilan urush oldidan kiberhujumga uchradi – OAV
Jahon | 22:18
Mavzuga oid

20:55
Xitoyda ishga borishni istamaydiganlar uchun klinika ochildi

08:08
Xitoy yuqori texnologiyalarini O‘zbekistonga jalb qilish rejalashtirilyapti

15:08 / 21.07.2025
Dunyo biznesi so‘nggi soatlarda

22:48 / 19.07.2025