Hafta davomida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
Seshanba kuni havo +37 darajagacha isiydi. Chorshanbadan esa aksariyat hududlarda momaqaldiroq bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat asta-sekin pasayib, +16…+21 daraja bo‘ladi.

Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmidan harorat asta-sekin pasayib, yomg‘ir yog‘adi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet agentligi.
Dushanba kuni O‘zbekistonning katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Seshanba kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ushbu kunlarda havo harorati +24…+29 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda +32…+37 darajagacha bo‘ladi.
Chorshanbada respublikaning ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Payshanba va juma kunlari respublikaning katta qismida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati asta-sekin pasayadi, respublika hududining katta qismida 16 aprelda +20…+25 daraja, 17 aprelda +18…+23, 18 aprelda +16…+21 daraja bo‘ladi.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15–20 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 17–18 aprel kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi.
14–18 aprel kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkent shahrida dushanbaning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan +25…+28 daraja bo‘ladi. 16 aprelda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat +23…+25 daraja bo‘ladi.
17–18 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat asta-sekin +17…+20 darajagacha pasayadi. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12–15 metr/soniyagacha kuchayadi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Bu bizning urush emas» - Agar muzokaralarda taraqqiyot bo‘lmasa, AQSh Ukrainada tinchlik o‘rnatish urinishlarini to‘xtatadi
Jahon | 18:03
-
Sirdaryodagi xususiy klinikalar shifokorlar maoshini 500 ming so‘mgacha kamaytirib ko‘rsatgan
O‘zbekiston | 17:59
-
Samarqand-Toshkent yo‘nalishida qo‘shimcha «Afrosiyob» poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston | 17:56
-
Yevroittifoq Rossiya aviakompaniyalari uchun o‘z osmonini ochishdan bosh tortdi
Jahon | 17:55
Mavzuga oid

16:21
8 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi bo‘lishi e’lon qilindi

12:26
Hafta oxirida bulutli havo bo‘lishi kutilmoqda

18:30 / 13.04.2025
14 aprel kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

21:09 / 12.04.2025