O‘zbekiston va AQSh foydali qazilmalar bo‘yicha bitim imzoladi
Konlarni qidirish va qazib olishga sarmoya kiritish, yuqori darajada maydalash komplekslarini qurish, texnologiyalarni jalb etib, qo‘shilgan qiymat yaratish va o‘zbekistonlik mutaxassislar malakasini oshirish ko‘zda tutilgan.

Foto: OKMK
O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida turli yo‘nalishlarda bir qancha yangi biznes shartnomalari tuzildi, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, vazir Laziz Qudratov boshchiligidagi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi delegatsiyasi AQShda bo‘lib, yirik kompaniyalar, korporatsiyalar va sanoat birlashmalari rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar o‘tkazgan.
Tashrif dasturiga muvofiq, 7 aprel kuni tog‘-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar bilan uchrashuvlar tashkil etilgan.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvlarda kompaniyalarga samarali investitsiya takliflari va O‘zbekistonda biznesni olib borish uchun yaratilgan shart-sharoitlar taqdim etilgan. Kompaniyalar rahbarlari O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga yuqori baho bergan va Amerika kompaniyalarining mamlakatda ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan muvaffaqiyatli faoliyatidan kelib chiqib, hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirgan.
Uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha foydali qazilmalar sohasida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvlar imzolangan hamda foydali qazilma konlarini qidirish va qazib olishga investitsiyalar kiritish, yuqori darajada maydalash komplekslarini (HPGR) qurish, innovatsion texnologiyalarni jalb etish va muhim xomashyo uchun qo‘shilgan qiymat yaratish, o‘zbekistonlik mutaxassislarning malakasini oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.
Turizm sohasida yangi loyihalar – mehmonxonalar qurishni amalga oshirish muddatlari ham kelishib olingan.
«Erishilgan kelishuvlar tegishli bitimlar bilan mustahkamlandi. Har bir loyihaga mas’ul loyiha menejeri tayinlandi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Landau O‘zbekistonning fuqarolik atom energetikasi, muhim foydali qazilmalar va boshqa iqtisodiy biznes sohalariga sarmoya kiritish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlarini qayd etgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yil sentabrda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida muhim minerallar bo‘yicha memorandum imzolangan edi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Andijonda Qirg‘iziston bilan bog‘lovchi yashirin tunnel qaziganlarga hukm o‘qildi
Jamiyat | 11:02
-
BMT sudi Isroilning G‘azodagi embargosi bo‘yicha eshituvlarni boshladi
Jahon | 10:54
-
Kanadadagi parlament saylovlarida liberallar g‘alaba qozondi
Jahon | 10:13
-
Rossiyada mehnat migrantlari uchun o‘z maqomini qonuniylashtirish muddati uzaytirildi
Jahon | 10:07
Mavzuga oid

07:40
Xitoy AQSh ta’minotidan mustaqilligini e’lon qildi

21:22 / 28.04.2025
Xitoy Trampning tariflarini Hindiston yordamida chetlab o‘tmoqchi

20:47 / 28.04.2025
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida doimiy sulh bo‘lishini istaydi – Oq uy

19:29 / 28.04.2025