«Inter» «Bavariya»ni qarshi hujumlarda jazoladi
Italyan klubi safarda g‘alaba qozondi, ammo hali hammasi hal bo‘lmadi.

Foto: Image Photo Agency/Getty Images
«Bavariya» – «Inter» 1:2
Gollar: Myuller – Martines 38, Frattezi 88
«Bavariya» – Urbig, Laymer, Min Je, Dayyer, Stanishich, Goretsa, Kimmih, Olise, Gerreyru (Gnabri, 74), Sane (Myuller, 74), Keyn.
«Inter» – Zommer, Pavar, Acherbi, Bastoni, Darmian (Bissek, 79), Barella, Chalxono‘g‘li, Mxitaryan (Frattezi, 74), Augusto, Martines, Tyuram.
Ogohlantirishlar: Min Je (28), Martines (53), Mxitaryan (71), Frattezi 88.
YeChL chorakfinalining birinchi o‘yinida «Bavariya» nafaqat «Inter»ga, balki jarohatlar epidemiyasiga ham qarshi turishiga to‘g‘ri keldi. So‘nggi haftalarning o‘zida jamoa lazareti Yupamekano, Ito, Devis, Koman va Musiala bilan to‘ldirildi. Bungacha u yerda Noyyer va Pavlovich ham yotgandi. Natijada muhim o‘yinda «o‘nlik» pozitsiyasida kutilmaganda chap qanot himoyachisi Gerreyruni tushirishga to‘g‘ri keldi. Afsonaviy Myuller esa zaxirada qoldi. Vaziyat og‘ir tus olganida u maydonga chiqdi va hal qildi, ammo nemislar baribir yutqazib qo‘ydi.
Milanliklar ilk daqiqalardan chuqur himoyaga o‘tirdi va to‘pni o‘z darvozasi atrofida bir-biriga uzatib vaqt o‘ldirish bilan shug‘ullanishdan tortinmadi. Va buni bir necha bor takrorladi. «Bavariya» kuchli pressing uyushtirdi va raqibni o‘z hududida xato qilishga majbur qildi. Olise to‘pni jarima maydoni tashqarisida egallab olganida hisob ochilishiga bir baxya qoldi, Keyn ham qulay pozitsiyadan bosh bilan zarba berdi, Gerreyruning o‘tkir burchakdan yo‘llagan zarbasi ham xavfli chiqdi.
Eng qulay imkoniyatni esa 25-daqiqada yana o‘sha Keyn qo‘ldan chiqardi: Olise narigi ustin qarshisida turgan sherigini to‘p bilan ta’minladi, ammo Zommer bilan yakkama-yakka holatda qolgan ingliz hujumchisining aylanma zarbasi to‘rga bormadi. Bu hujum «Inter» uchun ogohlik qo‘ng‘irog‘i vazifasini o‘tadi — jamoa nihoyat oldinga o‘tishi kerak edi. Avvaliga Augusto yaqin to‘qqizlik tomon xavfli zarba yo‘lladi, keyin Barella ancha ichkaridan bergan uzatmasi bilan amalda Lautaroni yakkama-yakka vaziyatga chiqarib yubordi — Kim oxirgi pallada xalal berishga ulgurdi.
Lekin argentinalik hujumchi ko‘nglini cho‘ktirmadi va boshqacharoq uslubda gol urdi: Augusto to‘p uchun kurashda Laymerdan ustun keldi va qanotdan jarima maydoniga pas berdi, Tyuram to‘pni tovonda bir teginishda Martinesga qoldirdi va qulay pozitsiyaga chiqib kelgan hujumchi butsasining tashqi qismi bilan qaytarib bo‘lmas zarba yo‘lladi.
O‘yinning ikkinchi bo‘limida «Inter» hisobni saqlashga o‘ynadi va yana chuqr himoyaga yotdi. Shu bilan birga, xavfli qarshi hujumlarga chiqib turishni ham unutmadi: agar Urbigning seyvi bo‘lmaganida, Lautaro dublni rasmiylashtirishi ham mumkin edi. Bu holda o‘yinda intriga ancha oldin tugagan bo‘lardi. «Bavariya» esa hadeganda raqib himoya devorini buzib o‘tolmadi. Faqat bir vaziyatda Gerreyru o‘ziga kelib qolgan to‘pni to‘xtatmay zarba yo‘lladi, ammo to‘p to‘sin ustidan o‘tib ketdi. Italyanlar ancha vaqtgacha boshqa vaziyat yaratishga yo‘l qo‘ymadi.
Boe, Gnabri, Myuller — ularning barchasi so‘nggi o‘n besh daqiqalikda o‘ynash uchun tushishdi. Shundan keyin chinakamiga shturm boshlandi. «Inter» tayanch zonasi Keyn va Myuller xavfli vaziyatlar yaratishiga yo‘l qo‘ydi. Faqat zarbadagi xatolik va himoyachilarning jonbozligi goldan qutqarib qoldi.
Va baribir javob goli ham urildi. «Bavariya»dagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan Myuller o‘yinga dramatik tus bergan holda hisobni tenglashtirdi. Laymer olis ustun tomon ajoyib uzatma berdi va himoyachilar ortiga ochilgan Tomas uch metrdan aniq zarba yo‘lladi.
Myunxenliklar qon isini olishdi va «Inter»ni taslim qilish uchun oldinga tashlanishdi. Ammo buning o‘rniga qarshi hujum bilan jazolanishdi. Barella Augustoni oldinga tashladi, braziliyalikning darvozabon hududiga uzatmasiga Frattezi yetib keldi va o‘yin taqdirini hal qildi. Indzagi jamoasi sabr qilish va maksimum chiqarib olishning hadisini olganini yana bir bor isbotladi.
Mezbonlar zarbalar bo‘yicha 20:10, kutilgan gollar ko‘rsatkichi 2,65 xG ga 0,91 xG ko‘rinishida ustunlikka ega bo‘lganiga qaramay, mag‘lub bo‘lishdi. Italiya chempionlari navbatdagi marta statistikani chippakka chiqardi va yarimfinal sari katta qadam tashladi. Endi o‘z maydonidagi javob o‘yinida raqibga yanada kamroq imkoniyat beradi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Tolibon» endi Rossiyada terror guruhi emas. Harakat asr boshida Rossiyaga jihod e’lon qilgandi
Jahon | 21:47
-
Armaniston parlamentida deputatlar janjallashib ketdi
Jahon | 21:45
-
Putin ma’lum shartlar asosida Ukraina bilan muzokaralarga tayyorligini aytdi. Zelenskiy bunga nima deydi?
Jahon | 21:41
-
Dori vositalarining ruxsat etilgan maksimal narxlari qayta ko‘rib chiqiladi
O‘zbekiston | 21:39
Mavzuga oid

03:05 / 06.03.2025
«PSJ» «Liverpul»ga alamli tarzda yutqazdi, «Barsa» 10 kishi bo‘lib g‘alaba qozondi

14:17 / 30.01.2025
YeChLda guruh bosqichi yakunlari: «Siti»ni o‘tish o‘yinlarida «Real» yoki «Bavariya» kutadi

11:09 / 23.01.2025
«Siti» superkambek qurboni, «Real» 5 ta gol urdi, «Bavariya»da yirik mag‘lubiyat. Kun o‘yinlari

10:10 / 11.12.2024