Biotexnologik startap 10 ming yil oldin qirilib ketgan dahshatli bo‘rilarni «qayta yaratdi»
Mutaxassislar bo‘rining Amerika muzeylaridagi tosh qotgan bo‘laklaridan DNK ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Foto: Colossal Biosciences
Colossal Biosciences biotexnologik startapi Shimoliy Amerikada yashagan va bundan 10 ming yil oldin yo‘qolib ketgan dahshatli bo‘rini (Aenocyon dirus) «qayta yaratishga» muvaffaq bo‘lganini e’lon qildi, deb yozmoqda Time.
Qayd etilishicha, biotexnologik kompaniya dahshatli bo‘rining Amerika muzeylarida saqlanayotgan tosh qotgan bo‘laklaridan DNK ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan keyin olimlar Canis lupus kulrang bo‘ri genomida bir nechta mutatsiyani amal oshirgan: uning vazn va o‘lchami kattalashgan, tishlari va jag‘i yiriklashgan, yunglari oqargan.
Kompaniya press-reliziga ko‘ra, tadqiqotchilar zamonaviy bo‘rining 14 ta genomiga 20 ta o‘zgartirish kiritgan. Olingan hujayralar itlarning tuxum hujayrasiga joylashtirilgan. Shuningdek, itlar surrogat ona vazifasini bajargan.
Colossal Biosciences’ning ta’kidlashicha, tug‘ilgan kuchuklar qirilib ketgan dahshatli bo‘rining aniq nusxasi emas — ular bo‘rining ba’zi xususiyatlariga ega. Kompaniya tajriba tafsilotlarini keltirmagan, tadqiqot hozircha biror-bir ilmiy jurnalda chop etilmagan.
Tajriba natijasida uchta sog‘lom kuchuk tug‘ilgan — ularga Rimning afsonaviy asoschilari Romul va Rem, urg‘ochi kuchukka esa «Taxtlar o‘yini» qahramoni Khalisi laqabi berilgan.
Time’ning qayd etishicha, qirilib ketgan turlarni qayta yaratish murakkab etik masalalarni yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, Romul, Rem va Khalisining tug‘ilishida foydalanilgan texnologiya yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan ayrim turlarni saqlab qolishga yordam berishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shavkat Mirziyoyev Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashdi
Jahon | 16:36
-
Ekologik nosoz avtomobillar haydovchilariga chora ko‘riladi
O‘zbekiston | 16:12
-
Shavkat Mirziyoyev Britaniya sobiq bosh vaziri Toni Bler bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 16:04
-
Octobank yana bir bor O‘zbekistonda raqamli to‘lov yechimlari sohasida yetakchi deb topildi
O‘zbekiston | 16:00
Mavzuga oid

00:10 / 23.03.2025
Olimlar nima uchun odamlarda erta bolalik xotiralari yo‘qligini tushuntirdi

19:21 / 13.12.2024
Sariosiyoda aholi punktiga tog‘dan bo‘rilar galasi tushib keldi

21:45 / 04.09.2024
Hindiston shimolida odamxo‘r bo‘rilar to‘dasi o‘nlab hujumlarni amalga oshirdi

17:20 / 24.07.2024