NASA kosmik kemalarni himoyalovchi yangi texnologiyani sinovdan o‘tkazdi
Bu elektrodinamik chang qalqoni bo‘lib, u uskunalar yuzasidan changni samarali tozalashga xizmat qiladi.

Foto: Unsplash
NASA Oydagi kosmik missiyalarning asosiy muammolaridan birini hal qiluvchi yangi texnologiyani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Elektrodinamik chang qalqoni (EDS) uskunalar yuzasidan changni samarali tozaladi — buni tizim faollashtirilishidan oldin va keyin olingan suratlar tasdiqladi.
Test 2025 yil 16 mart kuni yakunlangan Firefly Aerospace kompaniyasining Blue Ghost missiyasi portida o‘tkazilgan. Sinov natijalari yangi texnologiya kosmik apparatlarning o‘ta muhim elementlari — shisha panellar va issiqlik radiatorlarini changdan tozalashga qodir ekanini ko‘rsatgan.
Oy changi kosmik missiyalar uchun jiddiy xavf tug‘diradi. Oy yuzasiga milliardlab yillar davomida urilgan mikrometeoritlar va suvning yo‘qligi sabab ushbu changlar ustara kabi o‘tkir shaklga kirgan. Kosmik nurlarning doimiy bombardimoni har bir zarraga elektrostatik zaryad bergan.
Natijada ko‘mir kabi yopishqoq chang skafandrlar, linzalar va boshqa uskunalarni qoplab oladi. Ushbu muammo 1960 yillardagi birinchi Oy missiyasidan beri mavjud.
NASA tomonidan ishlab chiqilgan EDS qalqoni yuqori voltli o‘zgaruvchan signallarni taqdim etadigan mitti elektrodlardan foydalanadi. O‘zgaruvchan elektr maydon dielektroforetik kuchni hosil qiladi — u uskunalar yuzasidan changni «quvadigan» to‘lqindir. Tizimning asosiy afzalligi — harakatlanuvchi qismlarining yo‘qligida. U doimiy yoki vaqti-vaqti bilan optika, quyosh panellari, skafandrlar, radiatorlar va boshqa yuzalardagi changni tozalashi mumkin.
Mazkur texnologiyadan Oyga odamlarni uchirishga mo‘ljallangan «Artemida» dasturining missiyalarda foydalanish rejalashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQShda tornado va suv toshqinlari oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 23:47
-
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
Jamiyat | 23:03
-
Hindistonda soxta kardiojarroh 15 kishini operatsiya qildi. Kamida yetti bemor vafot etdi
Jahon | 22:59
-
Fransiya, Misr va Iordaniya yetakchilari G‘azo bo‘yicha kelishuvni tiklashga chaqirdi
Jahon | 22:18
Mavzuga oid

17:51 / 03.04.2025
NASA YR4 asteroidining Oy bilan to‘qnashish xavfini yuqori baholadi

08:40 / 28.03.2025
Arktikada qishki dengiz muzlari rekord darajada kamaydi - NASA olimlari

19:05 / 19.03.2025
NASA Oy yuzasidan quyosh botishi qanday ko‘rinishini namoyish etdi

08:59 / 19.03.2025