Sport | 02:38 / 03.04.2025
12067
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya kubogi. «Barselona» «Atletiko»ni yarimfinalda qoldirib ketdi. Finalda «El Klasiko» bo‘ladi

Foto: Marca

Ispaniya kubogi. Yarimfinal. Javob uchrashuvi
«Atletiko»
– «Barselona» – 0:1
Gol:
Ferran Torres, 27.
«Atletiko»: Musso, Ximenes, Mandava (Galan, 46), Aspilikueta (Langle, 46), Le Norman, Lorente, De Paul, Barrios, Simeone (Serlot, 46), Grizmann (Rikelme, 81), Alvares.
«Barselona»: Shensni, Kunde, Kubarsi (Garsiya, 58), Martines, Balde, de Yong, Fermin Lopes (Arauxo, 58), Pedri, Yamal (Martin, 86), Rafinya, Torres (Levandovski, 74).
Birinchi uchrashuv – 4:4.

Ispaniya kubogi yarimfinal javob uchrashuvida «Barselona» mehmonda «Atletiko Madrid» jamoasiga qarshi maydonga tushdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol 27-daqiqada kiritildi — Lamin Yamalning uzatmasini Ferran Torres golga aylantirdi. Jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 4:4 hisobida durang bilan yakunlangan edi.

Shu tariqa, «Barselona» Ispaniya kubogi finaliga yo‘l oldi. Kataloniyaliklar hal qiluvchi o‘yinda «Real Madrid» bilan to‘qnash keladi. Madridliklar esa o‘z navbatida «Real Sosedad» ustidan g‘alabaga erishgan edi.

Final uchrashuvi 26 aprel kuni Sevilyadagi «La Kartuxa» stadionida bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid