Tramp: Rossiyada o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish uchun dedlayn bor
«Agar oyog‘imizdan tortib, vaqtni cho‘zishyapti deb o‘ylay boshlasam, bundan xursand bo‘lmayman», dedi Tramp Rossiyaning Ukrainada tinchlik muzokaralarini boshlashni istamasligiga izoh berar ekan.

Foto: Sky News
Rossiyada Ukrainaga qarshi urushda o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lish uchun «psixologik dedlayn» bor. Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp 30 mart, yakshanba oqshomida prezidentning Air Force One samolyoti bortida jurnalistning Moskva o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lishi yoki bo‘lmasligini hal qilishi uchun muddat bormi, degan savoliga javoban aytib o‘tdi.
The Hill internet nashri Oq uy rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirgan: «Bu psixologik dedlayn. Agar oyog‘imizdan tortib, vaqtni cho‘zishyapti deb o‘ylay boshlasam, bundan xursand bo‘lmayman».
Trampning Zelenskiyni tanqid qilishi
Shu bilan birga, Tramp, uning fikricha, Rossiya AQShni aldamayotganini va Rossiya prezidenti Vladimir Putin «kelishuvga erishmoqchi»ligini qo‘shimcha qildi. AQSh prezidenti Tramp mineral resurslar bo‘yicha AQSh bilan bitim tuzishdan qochishga urinayotgan Ukraina yetakchisi Volodimir Zelenskiyni tanqid qilishda davom etdi.
«Agar u (Volodimir Zelenskiy) shunday qilsa, u muammolarga duch keladi. Katta muammolarga, - deya ta’kidladi Tramp. - Biz nodir yer metallari bo‘yicha kelishuv tuzdik, endi u, yaxshi, bilasizmi, men shartnomani qaytadan muhokama qilmoqchiman, dedi. U NATOga a’zo bo‘lishni xohlaydi. Uning NATOga a’zo bo‘lishi hech qachon rejalashtirilmagan. U buni tushunadi. Demak, agar kelishuvni qayta ko‘rib chiqmoqchi bo‘lsa, u katta muammoga duchor bo‘ladi».
30 mart kuni Donald Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida Putindan Ukrainada yangi rahbar bo‘lishi kerak degan taklifi uchun «juda g‘azablanganini» aytdi. Shu bilan birga, Tramp agar Moskva Ukrainaga qarshi urushni tugatish uchun muzokaralar stoliga o‘tirishga rozi bo‘lmasa, Rossiya neft sektoriga qarshi yangi sanksiyalar qo‘llash bilan tahdid qilgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi
Jahon | 01:04
-
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Jahon | 00:32
-
3D-printer yordamida bosilgan temiryo‘l stansiyasi olti soat ichida qurildi
Fan-texnika | 00:20
-
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
O‘zbekiston | 23:16 / 11.04.2025
Mavzuga oid

01:04
Reuters: Trampning maxsus vakili Oq uyga Kremlning pozitsiyasini yetkazdi

23:09 / 11.04.2025
Tramp davrida federal budjet xarajatlari 154 mlrd dollarga oshdi

22:13 / 11.04.2025
Tramp tariflari investorlarning AQSh obligatsiya bozorlaridan qochishiga olib keldi

20:19 / 11.04.2025