Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 200 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi
Fevral oyida Rossiyada 90,5 ming bola dunyoga kelgan - bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,4 ming nafarga kam. Shuningdek, mamlakatda yanvar–fevral oylarida 331,1 ming kishi vafot etgan.

Foto: RTVI
An’anaviy qadriyatlar, abortlarga cheklovlar va sakkiz nafar farzand tug‘ish borasidagi targ‘ibot choralari Rossiyani demografik inqirozdan olib chiqa olmayapti. 2025 yilning yanvar–fevral oylarida mamlakatda tug‘ilish darajasi yillik hisobda yana 3 foizga kamaydi — 195,4 ming chaqaloq tug‘ildi, deya xabar bermoqda «Rosstat».
Fevral oyining yakunlariga ko‘ra, tug‘ilish darajasidagi pasayish 7,6 foizni tashkil etgan: bir oyda 90,5 ming bola dunyoga kelgan — bu o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan 7,4 ming nafarga kam. Ba’zi mintaqalarda esa bu ko‘rsatkich ikki xonali sonlar sur’at tezligida qulagan: Arxangelsk oblastida – 18,7 foiz, Kareliya Respublikasida – 19,4 foiz, Orlov oblastida — 18,6 foiz, Kostroma oblastida – 21,6 foiz, Smolensk oblastida – 26,6 foizga kamaygan.
Demograf olim Aleksey Rakshaning ta’kidlashicha, 2025 yilning birinchi choragi aftidan «XVIII—XIX asrlar chegarasidan beri eng past tug‘ilish ko‘rsatkichini qayd etgan». Uning so‘zlariga ko‘ra, fevral oyidagi tug‘ilishlar soni so‘nggi 200 yildan oshiq davr ichida eng past darajaga tushib ketgan va bu antirekord mart oyida ham takrorlangan.
Rakshaning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oyda 95–96 ming bola tug‘ilgani, chorak yakuni bo‘yicha esa umumiy hisobda 293–294 ming tug‘ilish qayd etilgan. «Rossstat» hali mart oyi bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarni e’lon qilmagan.
Rasmiy statistikada keltirilishicha, o‘lim holatlari ham kamaygan — 5,2 foizga, ya’ni yanvar–fevral oylarida 331,1 ming kishi vafot etgan. Biroq bu pasayish tug‘ilishdagi qulashni qoplay olmaydi va natijada ikki oyda Rossiya aholisi tabiiy kamayish hisobiga yana 118,8 ming kishiga qisqargan.
Umumiy hisobda Rossiyada yanvar–fevral oylarida vafot etganlar soni tug‘ilganlarga nisbatan 1,6 barobar ko‘p bo‘lgan. Ammo mintaqalar kesimida bu tafovut ancha katta: masalan, Kaluga va Ivanovo oblastlarida o‘lim darajasi tug‘ilishdan ikki barobarga, Vladimir va Belgorod oblastlarida esa uch barobarga ko‘p.
O‘tgan yili Rossiyada 1,222 million bola tug‘ilgan — bu 1999 yildan beri eng past ko‘rsatkich. 2014 yilga nisbatan tug‘ilish darajasi 30 foizga qisqargan, 2016–2024 yillar oralig‘ida esa Rossiya aholisi tabiiy kamayish hisobiga 3 milliondan ortiq kishi yo‘qotgan.
«Rosstat»ning 2020 yilgi aholi ro‘yxati asosida tuzilgan rasmiy prognoziga ko‘ra, tug‘ilish darajasi 2027 yilga borib yana pasayadi — 1,14 million bola dunyoga keladi. Aholining sekin o‘sishi esa faqat 2020 yillarning oxirida boshlanadi, ammo 2045 yilda ham bolalar soni Qrim anneksiyasidan oldingi darajaga qaraganda chorak qismga kam bo‘ladi — ya’ni 1,426 million atrofida.
Natijada, hatto yillik o‘lim darajasi 1,8 million atrofida barqaror qolgan taqdirda ham, Rossiya aholisi yiliga o‘rtacha 500 ming kishilik sur’at bilan kamayishda davom etadi va XXI asrning o‘rtalariga borib so‘nggi 70 yildagi eng past aholi soni bilan yuzlashadi. «Rossstat»ning bazaviy prognoziga ko‘ra, 2046 yilga borib RF doimiy aholisi soni 138,8 million kishigacha tushadi, pessimistik ssenariyga bo‘yicha esa bu ko‘rsatkich 130 millionga — ya’ni 1897 yilgi Rossiya imperiyasi darajasiga tushadi.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Isroil - HAMAS muzokaralaridan chiqdi
Jahon | 00:46
-
Sun’iy intellekt olimlarga Qadimgi Rim tarixidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishga yordam beradi
Fan-texnika | 23:45 / 24.07.2025
-
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi
Jahon | 22:53 / 24.07.2025
-
Toshkentda voleybol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati boshlandi
Sport | 22:49 / 24.07.2025
Mavzuga oid

22:53 / 24.07.2025
Zalujniy Rossiyaga qarshi urush 2034 yilgacha davom etishini bashorat qildi

15:06 / 24.07.2025
O‘zbekiston va Rossiya aviaqatnovlar sonini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdi

13:40 / 24.07.2025
Rossiya va Ukraina asirlar almashinuvining to‘qqizinchi bosqichini o‘tkazdi

11:26 / 24.07.2025