Temu O‘zbekistonda ishlashi uchun 46 mlrd so‘m soliq to‘lashi kerak - Soliq qo‘mitasi
“Temu bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 46 mlrd so‘m soliq to‘lanmagani aniqlandi. Biz e’tiroz xati berganmiz. Qachon soliqni to‘lasa, ularning faoliyatini qonuniylashtirib beramiz”, dedi Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev.
Xitoyning Temu marketpleysi O‘zbekistonda blokdan yechilishi uchun 46 mlrd so‘m soliq to‘lashi kerak. Bu haqda Coliq qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi.
«Biz internet orqali savdo qilish tizimini to‘liq tahlil qildik. Tahlillar natijasida juda ko‘plab elektron savdo tashkilotlari soliq to‘lamayotgani aniqlandi. Nafaqat Temu, balki Wildberries ham soliq to‘lamagan. Bu yerda savol tug‘ilyapti, nima uchun aynan Temu? Biz barcha elektron platformalarga soliq majburiyatlarini bajarish bo‘yicha ogohlantirish xatini berganmiz», dedi u.
Shu bilan birga, Mirzayev Rossiyaning Wildberries marketpleysi allaqachon 52 mlrd so‘m soliq to‘lab berganini aytdi.
«Temu bo‘yicha dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 46 mlrd so‘m soliq to‘lanmagani aniqlandi. Biz e’tiroz xati berganmiz. Qachon soliqni to‘lasa ularning faoliyatini qonuniylashtirib beramiz», dedi Mubin Mirzayev.
Eslatib o‘tamiz, Temu marketpleysi O‘zbekistonda 20 martdan e’tiboran bloklangan. Bu sanadan bir necha kun oldin Xitoy kompaniyasi o‘z oldiga qo‘yilgan asosiy talablardan biriga ko‘nib, O‘zbekistonda yuridik shaxs tashkil etgan. Ammo rasmiylar Temu'dan mamlakatda norasmiy ishlagan davri uchun ham soliqlarni to‘lab qo‘yish majburiyatini qo‘ymoqda.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Neyrotarmoq Vena universitetiga qabul qilindi
Fan-texnika | 23:31 / 05.04.2025
-
Yevropa bilan sheriklik, bekor qilingan xususiylashtirish va Leapmotor'ga taqiq - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:59 / 05.04.2025
-
AQSh harbiy-dengiz kuchlari yangi atom suvosti kemasiga ega bo‘ldi
Jahon | 22:38 / 05.04.2025
-
Toshkentda Parlamentlararo ittifoq assambleyasi ish boshladi
O‘zbekiston | 22:34 / 05.04.2025
Mavzuga oid

17:43 / 04.04.2025
Xitoy Trampning chaqirig‘ini qabul qildi va javob qaytardi

16:27 / 04.04.2025
Xitoy AQSh tovarlariga boj tariflarini oshiradi

17:04 / 03.04.2025
Xitoy va Yevropa Ittifoqi AQSh yangi boj tariflariga norozilik bildirdi

15:54 / 03.04.2025