Rossiya va Ukraina bir-birini energetika obektlariga zarba berishda davom etayotganlikda aybladi
Shuningdek, tomonlar o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etib kelmoqda.

Foto: Reuters
Rossiya Ukrainani energetika obektlariga zarba berishga qo‘yilgan moratoriyni buzayotganlikda aybladi va BMT bilan AQSh rasmiylariga shikoyat qildi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov ma’lum qildi.
Lavrov so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Xavfsizlik kengashining so‘nggi yig‘ilishida mudofaa vaziri Andrey Belousov prezident Vladimir Putinga «moratoriyga rioya qilinmayotgani, Rossiya energetika obektlari shu vaqt davomida, ehtimol, bir yoki ikki kunlik tanaffus bilan zarbalarga uchrayotganini» aytgan.
«Biz Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishida Andrey Belousov keltirgan qoidabuzarliklar ro‘yxatini AQSh Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uolsga topshirdik. Men bu ro‘yxatni AQSh Davlat kotibi Marko Rubioga yubordim, biz uni BMT va YeXHT vakillarimizga yubordik, ular, umuman olganda, o‘z ishida Ukrainaning amaldagi hukumati va’dalari narxini, agar uni hukumat deb atash mumkin bo‘lsa, aniq faktlar bilan ko‘rsatsin», dedi Lavrov.
Rossiya va Ukraina mart oyi oxirida AQSh bilan energetika obektlariga zarba bermaslik haqida alohida kelishib olgan edi. Tomonlar muntazam ravishda bir-birlarini ushbu cheklovlarni buzganlikda ayblab keladi. Shuningdek, o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etadi.
1 aprel kuni Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina qurolli kuchlari Zaporojiye viloyatining bosib olingan qismidagi elektr nimstansiyasiga va Belgorod viloyatidagi transformator nimstansiyasiga zarba berganini ma’lum qildi.
1 aprel kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rossiyalik harbiylar Xersondagi energetika inshootiga zarar yetkazgani, 45 ming kishi elektrsiz qolgani haqida ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
8 aprel yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:57
-
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40
-
Filippindagi Kanlaon vulqoni harakatga keldi
Jahon | 22:37
-
Toshkentdagi «Matbuot uyi» investorga berilgani rad etildi
O‘zbekiston | 22:35
Mavzuga oid

20:57
Xitoy AQSh vitse-prezidentini «johil va odobsiz» deb atadi

18:15
Zelenskiy frontda xitoylik askarlar asirga olinganini ma’lum qildi

17:37
Tramp rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini e’lon qildi

17:07