Jamiyat | 16:25 / 06.03.2025
2885
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida taqiqlangan ov quroli bilan baliq ovlagan shaxs aniqlandi

Ohangaron daryosida fuqaro tomonidan leskali to‘r yordamida baliq ovlangan. 

Foto: Ekologiya vazirligi

Toshkent viloyatining Angren shahrida taqiqlangan ov quroli bilan baliq ovlayotgan shaxs jarimaga tortildi. 

Ekologiya vazirligi ma’lum qilishicha, “Jigariston” MFY hududidan oqib o‘tgan Ohangaron daryosida fuqaro A.S. tomonidan leskali to‘r yordamida baliq ovlangan. 

Huquqbuzarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 7,5 mln so‘m miqdorida jarima chorasi qo‘llandi.

Mavzuga oid