Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy baliq ovlash natijasida qariyb yarim mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Jizzax viloyatining Arnasoy tumani, “Navro‘z” MFY hududidagi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi hududida reyd o‘tkazildi.

Foto: Ekologiya vazirligi
Ekologiya vazirligi ma’lum qilishicha, reyd davomida Samarqand viloyatining Narpay tumanida yashovchi S. M. va S. S. noqonuniy baliq ovlagani uchun ushlandi.
Tekshiruv davomida qoidabuzarlar yonida 145 kgga yaqin baliq va baliq ovlash vositalari borligi aniqlandi. Hodisa oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 487 mln so‘mni tashkil qilgan.
Holat yuzasidan sud organlariga taqdim etish va qonuniy choralar ko‘rish uchun tegishli hujjatlar tayyorlandi.
Mavzuga oid

16:25 / 06.03.2025
Toshkent viloyatida taqiqlangan ov quroli bilan baliq ovlagan shaxs aniqlandi

14:27 / 25.01.2025
“Akulalar dengiz sanitari” – yirtqich jonzotlar bilan do‘st tutingan va ularni qutqarayotgan ayol haqida hikoya

08:16 / 25.12.2024
Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ov oqibatida 1,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

11:59 / 05.11.2024