Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy ov oqibatida 1,7 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimini nazorat qilish bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan doimiy nazorat reyd tadbirlari olib borilmoqda.

Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi
Vazirlik xabar berishicha, 2024 yilning o‘tgan davri mobaynida noqonuniy ov bilan bog‘liq 307 ta holat aniqlanib, jami 601 mln 503 ming jarima qo‘llandi.
Shuningdek, tabiatga yetkazilgan 1 mlrd 702 mln 961 ming so‘m zarar ham undirilishi belgilandi.
Qonunbuzarliklardan 10 ta holatda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, 57 ta holatda brakonerlardan 1178 kg baliq olib qo‘yilgan va internat hamda maktabgacha ta’lim muassasalariga beg‘araz topshirilgan.
Bundan tashqari, huquqbuzarlardan 7 ta ov quroli, 83 ta baliq ovlash uchun mo‘ljallangan to‘rlar, 7 ta elektr qarmoq, 6 ta qayiq va 5 ta boshqa turdagi buyumlar olib qo‘yilgan.
Mavzuga oid

16:25 / 06.03.2025
Toshkent viloyatida taqiqlangan ov quroli bilan baliq ovlagan shaxs aniqlandi

12:17 / 27.02.2025
O‘zbekistonda 1 martdan 15 avgustga qadar ov mavsumi yopiladi

09:43 / 21.01.2025
Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy baliq ovlash natijasida qariyb yarim mlrd so‘mlik zarar yetkazildi

07:35 / 09.01.2025