2025 yil 1 sentabrdan boshlab yovvoyi holda o‘suvchi o‘simliklarni yig‘ish va tayyorlash uchun tasdiqlangan kvotalar hamda o‘simlik dunyosi obektlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomalar elektron auksion orqali berilishi kutilmoqda.
Hayvonot dunyosi yo‘qotishlarining o‘rnini qoplash maqsadida 2025 yil 1 sentabrdan 2028 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekiston hududida ov qilishga moratoriy (cheklov) joriy qilinishi kutilmoqda.
Bunda moratoriy fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik pitomniklari va hovuz xo‘jaliklarida saqlanayotgan va (yoki) yetishtiriladigan yovvoyi hayvonlarni ovlash hamda sanitar maqsadlarda ov qilishga tatbiq etilmaydi.
Shu bilan birga, ovchilarga muqobil mashg‘ulot sifatida hududlarda o‘q otish sportiga ixtisoslashtirilgan maxsus poligonlarda xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
Shaharlardagi tabiiy suv havzalari ixtiofaunasining populyatsiyasini qayta tiklash maqsadida respublikaning markaziy shaharlaridan oqib o‘tuvchi daryo va soylarda 2025 yildan boshlab, har yili 15 tonnadan kam bo‘lmagan chavoqlantirish ishlari amalga oshiriladi.