Tojikiston va Qirg‘izistondan olib kelingan 48 kilogrammdan ortiq narkotik musodara qilindi
Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Tojikiston va Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 48 kgdan ortiq narkotik moddalar musodara qilindi.

Foto: Videodan kadr
Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Denov tumanida istiqomat qiluvchi, muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan shaxs Tojikistondan mamlakatga aylanma yo‘llar orqali narkotik moddalarni olib kelib, sotish bilan shug‘ullanayotgani holati aniqlanib, uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi.
Natijada xonadon yerto‘lasidan 576 gr “geroin”, 2 kg 447 gr “opiy” va 1 kg 913 gr “gashish” moddalari protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, uning muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan otasidan 9 kg 62 gr “gashish” moddasi hamda kelib chiqishi noaniq bo‘lgan 137 ming 460 AQSh dollari va 569 mln 832 ming so‘m olindi.
Bundan tashqari, tezkor tadbir davom ettirilib, uning muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan akasi va Uzun tumanida istiqomat qiluvchi jinoiy sherigi ham qo‘lga olinib, jinoiy sherigining uyidan ham kelib chiqishi noaniq bo‘lgan 159 ming 400 AQSh dollari olindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari va Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamkorligida Yangiqo‘rg‘on tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Yangiqo‘rg‘on-Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan avtobus to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.
Natijada unda yo‘lovchi sifatida ketayotgan, mazkur tumanda yashovchi 2 nafar fuqaroga tegishli sumkalarda jami 19 kg 915 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirib olindi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, ular giyohvandlik vositasini kelgusida sotish maqsadida Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Andijon viloyatida kuzatilgan holatda esa Marhamat tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs o‘zbek-qirg‘iz davlat chegarasining mazkur tuman hududidan o‘tuvchi qismiga kelib, avvalroq Qirg‘iziston fuqarosi tomonidan kontrabanda yo‘li bilan o‘tkazib berilgan 4 kg 931 gr “opiy” va 9 kg 949 gr “gashish” moddalarini olib, qaytayotgan vaqtida Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 246- va 273-moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Filippinda yuz bergan YTHda 10 kishi halok bo‘ldi
Jahon | 01:24
-
Zelenskiy Trampdan eng kuchli qartalar to‘plamini oldi - AQSh moliya vaziri
Jahon | 00:52
-
NASA’ning ikki ayol astronavti XKS bortidan ochiq kosmosga chiqdi
Fan-texnika | 00:20
-
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi
O‘zbekiston | 23:37 / 01.05.2025
Mavzuga oid

21:02 / 29.04.2025
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

17:57 / 29.04.2025
Uch mamlakatning ahilligi timsoli - “Do‘stlik” stelasidan reportaj

17:12 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi

16:52 / 29.04.2025