Toshkentdan Jiddaga uchayotgan reys Bahraynga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi
Air Samarkand aviakompaniyasining Toshkent-Jidda reysi yo‘lovchilardan birida takroriy infarkt kuzatilgani sabab Bahraynga qo‘nishga majbur bo‘ldi.

Foto: Air Samarkand
Air Samarkand aviakompaniyasi UZS4003 Toshkent—Jidda reysi tibbiy favqulodda holat sababli kechikayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, parvoz davomida 75 yoshli yo‘lovchida takroriy infarkt sodir bo‘lgan. Samolyot bortida bo‘lgan shifokor bemorning hayoti xavf ostida ekanini tasdiqlagan. Shundan so‘ng, havo kemasi komandiri boshchiligidagi Air Samarkand ekipaji tezkor qaror qabul qilib, bemorga zarur tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Bahraynga favqulodda qo‘nishga qaror qilgan.
Ta’kidlanishicha, bort kuzatuvchilari shifokor bilan birgalikda bortdagi tibbiy qutilar va uskunalar yordamida bemorga birinchi yordam ko‘rsatgan. Aeroportda bemor barqaror holatda tez yordam brigadasiga topshirilgan.
«Reys taxminan 1 soat kechikish bilan Jiddaga parvozini davom ettiradi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

19:50 / 15.01.2025
Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi Jidda - Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini boshladi

10:00 / 30.07.2024
Air Samarkand aviakompaniyasi Jiddaga ilk parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirdi

12:38 / 25.05.2024
Air Samarkand'ning Viyetnamga parvoz qilgan samolyoti Pokistondan ortga qaytdi

14:59 / 07.02.2024