Qanot Sharq Buxoro va Jidda shaharlari o‘rtasida muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
Mahalliy aviakompaniya hisoblangan Qanot Sharq Buxoro – Jidda – Buxoro yo‘nalishida muntazam qatnovlarini boshladi. Reyslar haftada bir marta Airbus A320 samolyotida amalga oshrilishi ma’lum qilindi.

Foto: Uzbekistan Airports
7 fevraldan boshlab Qanot Sharq mahalliy aviakompaniyasining Saudiya Arabistoni Jidda shahriga 2 tomonlama reyslari qo‘yildi. Toshkent vaqti bilan soat 10:03 da aviakompaniya samolyoti Buxoro xalqaro aeroportiga qo‘ndi va shu bilan uning Buxoro — Jidda — Buxoro yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlariga start berildi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd etilishicha, Buxorodan Jiddaga yo‘lovchi reyslari haftada bir marta — dushanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Qanot Sharq bundan avvalroq Jiddaga Namangan xalqaro aeroportidan ham birinchi parvozini muvaffaqiyatli amalga oshirgandi. O‘sha vaqtda aviakompaniya hozirgi kunga qadar arab mamlakatiga aviareyslarni Toshkent shahridan bajarib kelgan.
Ma’lumot uchun, Qanot Sharq aviakompaniyasi parkida Airbus A320, A321neo va A330 mavjud bo‘lib, ichki va xalqaro aviatashuvlarni amalga oshiradi.
Mavzuga oid

23:33 / 06.03.2025
Buxoroda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi turistik korxonalar soni 186 taga yetdi

16:25 / 05.03.2025
Buxoroda 20 yoshli yigitning ichidan 5 to‘g‘nog‘ich va 6 mix olib tashlandi

20:39 / 28.02.2025
Buxoroda 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma aniqlandi

10:51 / 22.02.2025