Saudiya Arabistoni aviakompaniyasi Jidda - Namangan yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarini boshladi

O‘zbekiston 19:51 913

15 yanvar kuni Namangan aeroportida Saudiya Arabistonining Flyadeal aviakompaniyasi birinchi reysi kutib olindi, deb xabar beradi Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, havo kemasi sathida 350 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot mahalliy vaqt bilan 10:21 da Namanganga qo‘ngan. An’anaga ko‘ra, samolyot suv arkasi bilan kutib olingan.

Jidda — Namangan — Jidda yo‘nalishi bo‘yicha muntazam ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar Airbus A330 samolyotlarida haftasiga uch marta — dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshiriladi.

Flyadeal aviakompaniyasi 2024 yil 21 noyabrdan O‘zbekistonga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ygan edi – Toshkent va Jidda o‘rtasidagi reyslar har kuni amalga oshirilmoqda.

Flyadeal Saudiya Arabistonining loukostr formatidagi aviakompaniyasi bo‘lib, Jiddadagi podshoh Abdulaziz xalqaro aeroportida joylashgan. Aviakompaniya Saudiya Arabistonining yetakchi havo tashuvchisi Saudia Group’ning transformatsiya strategiyasi doirasida 2017 yilda tashkil etilgan.

Ko‘proq yangiliklar: