PlayStation uchun mo‘ljallangan o‘yinlar narxi qimmatligi sabab Sony sudga berildi
Da’voda keltirilishicha, Sony konsollar bozoridagi ustuvor mavqeyini suiiste’mol qilmoqda va u raqamli savdolar sohasida monopolist hisoblanadi.

Foto: Getty images
Massaschade & Consument iste’molchilar huquqlarini himoya qilish fondi PlayStation konsollari uchun mo‘ljallangan o‘yinlar narxi qimmatligi bois Niderlandiyada Sony kompaniyasiga qarshi jamoaviy da’vo kiritdi, deb xabar beradi GameDeveloper.
Yaponiya kompaniyasi mahalliy PS Store’dagi o‘yin narxlarini ularning do‘kondagi disklaridan o‘rtacha 47 foiz qimmat sotayotganlikda ayblanmoqda. Fondning hisoblashicha, Sony konsollar bozoridagi ustuvor mavqeyini suiiste’mol qilmoqda va u raqamli savdolar sohasida monopolist hisoblanadi. Chunki kompaniyaning o‘zi o‘yinlarni PS Store onlayn do‘konida sota oladi.
«Sizlar PlayStation uchun mo‘ljallangan o‘yinlarga haddan ortiq ko‘p to‘laysizlar. Sizda PlayStation o‘yin pristavkasi bormi? U holda siz barcha raqamli o‘yinlaringiz uchun Sonyʼga adolatsiz soliq to‘layapsiz. Adolatli narxlar va kompensatsiya uchun kampaniyamizga qo‘shiling», — deyiladi xabarda.
Ish bo‘yicha birinchi sud jarayoni joriy yilda bo‘lib o‘tishi kerak. Ushbu da’vo real oqibatlarga olib kelish yoki kelmasligi hozircha savol ostida.
Ta’kidlanishicha, bu PS Store’dagi narxlar tufayli kompaniyaga qarshi sudga da’vo kiritilishi bilan bog‘liq birinchi holat emas, ammo oldingi urinishlar besamar ketgan.
Mavzuga oid

19:02 / 28.01.2025
Yevropa diplomatiyasi rahbari Rossiyaga PlayStation va Xbox konsollari yetkazib berishni taqiqlashni taklif qildi

21:24 / 08.01.2025
Sony o‘zining birinchi elektromobilini taqdim etdi. Narxlari va xususiyatlari

22:24 / 10.09.2024
Sony kompaniyasi PlayStation 5 Pro konsolini taqdim qildi

23:38 / 10.10.2023