Yevropa diplomatiyasi rahbari Rossiyaga PlayStation va Xbox konsollari yetkazib berishni taqiqlashni taklif qildi
O‘yin konsollarini ishlab chiqaruvchi uchta yirik kompaniya - Microsoft, Nintendo va Sony o‘z mahsulotlarini Rossiyaga sotishni 2022 yil mart boshlarida to‘xtatgan. Ta’kidlanishicha, ulardan dronlarni boshqarishda foydalanish mumkin.

Foto: Getty images
Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas Rossiyaga qarshi sanksiyalarning yangi paketidan o‘yin konsollarini sotishga ham taqiq qo‘yilishini e’lon qildi. Chunki ular yordamida uchuvchisiz uchish apparatlarini boshqarish mumkin, deb yozadi Financial Times.
Kallasning so‘zlariga ko‘ra, gap Sony kompaniyasining PlayStation va Microsoftʼning Xbox konsollari haqida ketmoqda. «Biz Rossiyaga ushbu urushni olib borishda yordam beradigan barcha turdagi buyumlarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritish maqsadida ularni o‘rganmoqdamiz. Hatto videoo‘yinlar uchun konsollarni ham, chunki aynan ular yordamida dronlar boshqarilyapti», — deydi Kallas.
FT’ning eslatishicha, o‘yin konsollarini ishlab chiqaruvchi uchta yirik kompaniya — Microsoft, Nintendo va Sony o‘z mahsulotlarini Rossiyaga sotishni 2022 yil mart boshlarida to‘xtatgan. Nashrning qayd etishicha, YeI taqiqi konsollarni Rossiyaga yuborayotgan yevropalik savdogarlarga ta’sir ko‘rsatadi.
Rossiya videoo‘yinlar importyori va distribyuterlari assotsiatsiyasi rahbari Yasha Xaddajining ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqida o‘yin kosnollari ishlab chiqariladigan birorta ham davlat yo‘q, Rossiyaga yetkazib berilayotgan konsollar esa YeI orqali tranzitdan o‘tmaydi.
Rossiya bilan savdoni cheklash va mamlakat Markaziy banki aktivlarini muzlatishni nazarda tutuvchi sanksiyalar har yarim yilda uzaytiriladi. Buning uchun YeIga a’zo davlatlarning barchasi ovoz berishi kerak. Ammo bu safar YeI davlatlari Vengriya qarshiligiga duch keldi — ushbu mamlakat Kiyev Rossiya gazini Ukraina hududi orqali tranzitini to‘xtatib qo‘yganidan norozi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban cheklovlarni uzaytirishdan oldin AQSh prezidenti Donald Trampning inauguratsiyasini kutmoqchi ekanini aytgan edi.
Mavzuga oid

23:05 / 20.02.2025
PlayStation uchun mo‘ljallangan o‘yinlar narxi qimmatligi sabab Sony sudga berildi

22:24 / 10.09.2024
Sony kompaniyasi PlayStation 5 Pro konsolini taqdim qildi

15:25 / 17.09.2020
Sony noyabrda PlayStation 5 sotuvga chiqishini e'lon qildi

02:16 / 25.10.2018