Sony yangi PlayStation 5 ni taqdim etdi
U yanada yupqaroq va disk qabul qilgichi olinadi.

Foto: Sony
Sony kutilmaganda PlayStation 5 yangi versiyasini e’lon qildi — u ixchamroq. Shuningdek, u diskli va disksiz versiyalarda ham mavjud bo‘ladi, lekin ikkinchi holatda maxsus olinadigan disk qabul qilgichni ulash mumkin bo‘ladi.
O‘lchamlari bo‘yicha yangilangan PS5 avvalgilariga qaraganda taxminan 30 foizga ixchamroq. Vazni esa 18-24 foizga yengilroq. Disk qurilmasiga ega model hozir 3,2 kg vaznga ega.
Mahsuldorlik nuqtai nazaridan hech qanday o‘zgarishlar yo‘q. Ushbu nozik versiya avvalgisi kabi kuchli. O‘rnatilgan xotira hajmi - 1 TB.

Konsollar 2023 yil noyabr oyida sotuvga chiqariladi. Ultra HD Blu-ray diskli versiyaning narxi 500 dollarni, Digital versiyasi esa 450 dollarni tashkil qiladi. Disk qabul qilgichni 80 dollarga sotib olish mumkin.
Sony shuningdek, 30 dollarlik yangi vertikal stendni chiqaradi, u konsolning eski versiyalariga ham mos keladi.
Mavzuga oid

23:05 / 20.02.2025
PlayStation uchun mo‘ljallangan o‘yinlar narxi qimmatligi sabab Sony sudga berildi

21:24 / 08.01.2025
Sony o‘zining birinchi elektromobilini taqdim etdi. Narxlari va xususiyatlari

22:24 / 10.09.2024
Sony kompaniyasi PlayStation 5 Pro konsolini taqdim qildi

12:19 / 02.07.2023