Filippinda o‘ldirilgan chivinlar uchun pul to‘lash boshlandi
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi bu kabi tashabbusdan xursand emas. Ta’kidlanishicha, odamlar pul topish evaziga chivin ko‘paytirishni boshlab yuborishi mumkin.

Foto: EPA
Manila shahri yaqinida joylashgan Addishn-Xills qishlog‘ida o‘ldirilgan har beshta chivin uchun 1 pesodan (qariyb 220 so‘m) pul to‘lash boshlandi, deb xabar beradi The Guardian.
Qayd etilishicha, shu orqali rasmiylar hasharotlar orqali tarqaladigan virus — denge bezgagiga qarshi kurashga o‘z hissalarini qo‘shmoqchi.
Filippinda bezgak bilan kasallanish holatlari ortmoqda. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, birgina yanvar oyida 28 mingta yangi kasallik holati qayd etilgan — bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga ko‘p.
Addishn-Xills tashabbusi milliy hukumat e’tiborini tortdi va ular bundan xursand emas. Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillarining ta’kidlashicha, «chivin evaziga pul» dasturi aks natijani keltirib chiqarishi mumkin. Ular odamlar pul topish uchun chivin ko‘paytirishni boshlab yuborishlari mumkinligidan xavotirda.
Mavzuga oid

16:24 / 02.12.2024
O‘zbekiston JST a’zoligi bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi

18:12 / 24.11.2024
Filippin poytaxtida yong‘in boshlandi: mingga yaqin uy yonib ketdi

20:28 / 23.11.2024
Filippin vitse-prezidenti davlat rahbari uchun killer yollaganini aytdi

20:50 / 14.11.2024