O‘zbekiston JST a’zoligi bo‘yicha Filippin bilan muzokaralarni yakunladi

Iqtisodiyot 16:25 / 02.12.2024 2315

O‘zbekiston Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish bo‘yicha Filippin bilan ikkitomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Azizbek O‘runov ma’lum qildi.

«Yakshanba bo‘lsa-da, Jyenevada Filippin bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunini imzolash marosimini o‘tkazdik», deb yozdi u.

1 dekabr kuni Jyenevada o‘tgan uchrashuvda O‘runov va Filippin elchisi Tixanki Manuel tegishli protokolni imzoladi. Marosimda JST bosh direktori o‘rinbosari Chjan Syanchen ham ishtirok etdi.

O‘runovning qayd etishicha, Filippin so‘nggi ikki oy ichida O‘zbekiston bilan muzokaralarni yakunlagan to‘rtta davlatdan biri bo‘lib, qolgan uchtasi Salvador, AQSh va Xitoy edi. Ta’kidlanishicha, umumiy kelishuvlar soni 22 taga yetdi.

Ko‘proq yangiliklar: