Beeline Uzbekistan 100 nafar o‘qituvchiga sun’iy intellekt va kibergigiyenani o‘zlashtirishda ko‘maklashdi

Jamiyat 16:36 / 26.12.2024 668

2024 yil dekabr oyida Toshkent shahridagi 77 ta davlat umumta’lim maktabi va 10 ta xususiy maktabdan 100 nafar o‘qituvchi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlaganligi to‘g‘risidagi sertifikatlarni qo‘lga kiritdi. O‘qituvchilar uchun ushbu ta’lim dasturida raqamli muhit xavfsizligi, neyron tarmoqlar va sun’iy intellektga alohida e’tibor qaratildi. Murabbiylar sifatida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti hamda "Kiberxavfsizlik" markazi mutaxassislari taklif etildi.

AKT mutaxassislarining milliy zaxirasini yaratish maktabdayoq boshlanishi kerak — bu fikrni hokimiyat, oliy o‘quv yurtlari va mamlakatning yetakchi kompaniyalari vakillari qo‘llab-quvvatlamoqda. TIUE va Beeline Uzbekistan qo‘shma dasturi bo‘yicha ta’lim olayotgan o‘qituvchilar maktab o‘quvchilarini eng zamonaviy texnologiyalarga qiziqtirishlari lozim. 2024 yilda Beeline Academy’da o‘qituvchilar malakasini oshirish dasturi bo‘yicha birinchi diplomlarni Toshkentdan 110 nafar o‘qituvchi oldi. Ular Python dasturlash tilini o‘rganishdi, 3D grafika vositalari va Frontend dasturlash asoslarini o‘zlashtirishdi.

Bugungi kunda texnologiyalar, ayniqsa IT sohasidagi o‘zgarishlar boshqa sohalarga qaraganda ancha tez rivojlanmoqda. O‘quvchilarga haqiqatan ham muhim va zamonaviy bilimlarni berish ularning kelajakdagi muvaffaqiyati uchun zarurdir. Bu jarayonda o‘zgarish va yangiliklardan xabardor bo‘lish juda muhim. Shundagina biz bolalarni O‘zbekistonning rivojlanayotgan sohalarida kasb tanlashga jalb qila olamiz va qo‘llab-quvvatlay olamiz. Tashkilotchilarga ushbu foydali bilimlarni berganlik uchun tashakkur aytaman, — dedi Toshkent shahridagi 17-umumta’lim maktabining informatika va axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi Mahmuda Habibullayeva.

"AI1440 kompaniyamizning rivojlanish strategiyasi, O‘zbekistonning butun raqamli iqtisodiyoti kabi, IT sohasiga yangi g‘oyalar va mazmun olib kirishi kerak bo‘lgan yosh iste’dodli mutaxassislarga asoslangan. Shuning uchun biz bo‘lajak kasbga birinchi qiziqish paydo bo‘ladigan yetakchi oliy o‘quv yurtlari va maktablar bilan hamkorlik qilamiz. Ishonchim komilki, dastur bitiruvchilari nafaqat mamlakatning yangi raqamli elitasini shakllantirishga yordam beradi, balki ularning o‘zlari bizning intellektual elitamizning bir qismiga aylanadi," — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andrey Pyataxin.

Beeline Academy 2023 yil oktabr oyida Beeline Uzbekistan va Toshkent xalqaro ta’lim universiteti (TIUE) bilan hamkorlikda tashkil etildi. Akademiya O‘zbekistonning yosh iste’dodlari, o‘qituvchilari va boshqa IT-mutaxassislariga mamlakat iqtisodiyotining turli sohalari uchun kadrlar tayyorlash maqsadida axborot texnologiyalari va kiberxavfsizlik sohasida onlayn va oflayn ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi. 2023 yilda butun mamlakatdan 50 nafar grant tanlovi g‘oliblari kiberxavfsizlik sohasida malaka oshirganlik to‘g‘risidagi birinchi sertifikatlarni olishdi.

 

***

"Unitel" MChJ 2006 yil 12 sentabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgoh Dubay (BAA) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. 2024 yilda Top Employer sertifikatiga ega bo‘ldi.

VEON — bu 160 millionga yaqin mijozlarga konvergent aloqa va raqamli xizmatlarni taqdim etuvchi raqamli operator. Dunyo aholisining 7 foizidan ortig‘i yashaydigan oltita mamlakatda faoliyat yurituvchi VEON odamlarni qo‘llab-quvvatlaydigan va iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydigan texnologiyalarga asoslangan xizmatlar orqali hayotni o‘zgartirmoqda. VEON aksiyalari NASDAQ fond birjasida ro‘yxatga olingan.

Beeline Uzbekistan’da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yilda O‘zbekiston bozoriga kirgandan so‘ng, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. "Unitel" MChJ O‘zbekistondagi eng yirik soliq to‘lovchilardan biri hisoblanadi. Beeline O‘zbekistondagi faoliyati davomida taxminan 2 milliard AQSh dollari miqdorida soliq to‘lagan.

Sayt: beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

X: @beeline_uz

LinkedIn@beeline-uzbekistan

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: