Jamiyat | 10:15 / 17.02.2025
5742
1 daqiqa o‘qiladi

Katta miqdordagi tabiiy gazni talon-toroj qilganlar aniqlandi

Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarini fosh etishga qaratilgan tadbirlar davom etmoqda.

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura xabar qilishicha, Qashqadaryo viloyati Koson tumanida yashovchi fuqaro Sh.S. xonadonidagi issiqxonani tabiiy gaz tarmog‘iga yashirin ravishda ulash orqali foydalanib kelishi oqibatida 654 mln so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilgan. 

Shu kabi, mazkur tumanda yashovchi Sh.A.ning xonadonidagi issiqxonada 159 mln so‘m hamda A.A.ning issiqxonasida 243 mln so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga oid