Jamiyat | 08:57 / 24.02.2025
2307
1 daqiqa o‘qiladi

616 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalangan ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi

Oilaviy korxona rahbari o‘ziga qarashli ovqatlanish shoxobchasida tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangan.

Foto: Bosh prokuratura

Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchasida gaz va “svet”dan noqonuniy foydalanildi. 

Bosh prokuratura ma’lum qilishicha, “A.A.S.B” oilaviy korxonasi rahbari A.A. o‘ziga qarashli ovqatlanish shoxobchasida tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulangan.

Holat bo‘yicha A.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik juda ko‘p miqdorda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga oid