Rossiyada elektron chaqiruv qog‘ozi reyestri ishga tushdi va fuqarolar uchun cheklov joriy etish boshlandi
Chaqiruv qog‘ozi olingan kundan boshlab 20 kun ichida harbiy komissarlikka kelmaganlarga cheklovlar qo‘yiladi. Ularga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, transport vositalari va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish taqiqlanadi.

Rossiyada 2023 yilda e’lon qilingan elektron chaqiruv qog‘ozi bilan harbiy ro‘yxatga olish reyestri ishlashni boshladi. Bu haqda Moskva sudi qarori orqali ma’lum bo‘ldi.
Xizmatga chaqiriluvchilardan biri 2024 yil noyabrda elektron chaqiruv qog‘ozi bo‘yicha Yagona chaqiruv punktiga kelmagani uchun belgilangan 30 ming rubl miqdoridagi jarima ustidan sudga shikoyat kiritgan. U hech qanaqa chaqiruv qog‘ozini olmaganini bildirgan. «Oktyabrda alohida sayt ko‘rinishidagi elektron reyestrga kirgan edim va u yerda hech narsa yo‘q edi», — deydi u.
Bunga javoban «voyenkomat» sudga 1C platformasi bazasida yaratilgan elektron reyestr oynasi ko‘rinib turgan «shaxsiy kompyuter ekrani skrinshoti»ni ko‘rsatgan. Suratlarga ko‘ra, dastur interfeysi «Harbiy ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning yagona reyestri» davlat axborot tizimi to‘g‘risidagi hukumat nizomi talablariga to‘liq mos keladi.
Sud ushbu skrinshotni «voyenkomat» elektron chaqiruv qog‘ozini belgilangan tartibda yuborganiga isbot sifatida qabul qilgan va jarimani qonuniy deb tan olgan, moskvalik yigitning shikoyati esa qanoatlantirishsiz qoldirilgan. «Elektron ko‘rinishda yuborilgan chaqiruv qog‘ozi shaxsiy kabinetga 2024 yil 7 noyabrda joylashtirilgan. Elektron shaklda yuborilgan chaqiruv qog‘ozi fuqarolarning ko‘rsatilgan reyestrdagi shaxsiy kabinetiga joylashtirilgan kundan boshlab topshirilgan hisoblanadi», — deyiladi sud qarorida.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2023 yil aprelda harbiy xizmatga majbur bo‘lgan shaxslarning yagona reyestrini yaratish va elektron chaqiruv qog‘ozlarini joriy etish to‘g‘risidagi qonunni imzolagandi. Reyestr davlat axborot resursi ma’lumotlari asosida harbiy komissarliklar tomonidan shakllantiriladi.
Harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lgan shaxslarga chaqiruv qog‘ozi olingani to‘g‘risida tilxat bilan yozma ravishda yoki buyurtma xati orqali yuborilishi mumkin. Elektron chaqiruv qog‘ozi davlat xizmatlari saytining shaxsiy kabinetiga joylashtirilgan paytdan boshlab topshirilgan hisoblanadi. Agar chaqiruv qog‘ozi yozma yoki elektron shaklda topshirilmagan bo‘lsa, u reyestrga kiritilgan kundan boshlab yetti kun o‘tgach topshirilgan hisoblanadi.
Chaqiruv qog‘ozi olingan kundan boshlab 20 kun ichida harbiy komissarlikka kelmaganlarga cheklovlar qo‘yiladi. Shu tariqa, ularga yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tish, transport vositalari va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, transport vositasini boshqarish huquqi rad etilishi, kredit berish esa taqiqlanishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yaponiyada tog‘larga chiqa oladigan robot-ot taqdim etildi
Fan-texnika | 18:24
-
Anadolu Isuzu SamAutoʼning nazorat paketini sotib olmoqchi
O‘zbekiston | 18:20
-
“Shu ketish bo‘lsa, soha o‘ladi” - avtomobil importchisi va avtodeklarant bilan suhbat
O‘zbekiston | 18:02
-
Namanganda o‘quvchi boshqargan avtomobil yuk mashinasi bilan to‘qnashdi
Jamiyat | 17:54
Mavzuga oid

13:53
O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Rossiya elchisi bilan uchrashdi

13:27
Rossiyada yirik nemis farmatsevtika kompaniyasining zavodi musodara qilindi

13:07
O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaning dengiz mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodiga ishga olinadi

12:12