Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi

O‘zbekiston 14:45 702

Yig‘ilishda ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

O‘tgan yili ommaviy sport musobaqalarida yoshlar qamrovi 10 millionga yetdi. Lekin yoshlarni bolalikdanoq sportga jalb qilishga barcha tumanlarda birdek e’tibor qaratilmayapti.

Misol uchun, “Besh tashabbus olimpiadasi”ning o‘tgan yilgi mavsumida tuman bosqichida g‘olib bo‘lgan 150 ming yoshlarning atigi 15 foizi sport maktablariga tanlab olingan.

Endilikda har haftada mahallalarda ommaviy jismoniy faollik tadbirlari o‘tkazib boriladi. Ularga nogironligi bo‘lgan shaxslar keng jalb etiladi.

Mahallalar kesimida “Aholining jismoniy faolligi reytingi” yuritiladi.

Yil yakuni bilan eng faol oilalarga trenajyerlar beriladi, eng yaxshi mahallalarda sport maydonchalari qurilib, jihozlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: