London Suriyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatishga tayyorlanmoqda
Shu bilan birga, Bashar Asadning ag‘darilgan hukumati a’zolariga nisbatan cheklovlar o‘z kuchida qoladi.

Foto: AFP
Buyuk Britaniya hukumati Suriyada hokimiyat almashgani sabab ushbu mamlakatga nisbatan sanksiyalar rejimini yumshatadi. Bu haqda TIV rahbari o‘rinbosari Stiven Dauti ma’lum qildi. Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, o‘zgarishlar energetika, transport va moliya sohalari bilan bir qatorda gumanitar sohaga ham ta’sir qiladi.
«Yaqin oylarda hukumat Suriyaga nisbatan sanksiyalari rejimini hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni taklif etadi», — deyiladi Buyuk Britaniya hukumatining saytiga joylashtirilgan rasmiy xabarda.
«Biz Suriya xalqiga o‘z mamlakatini qayta tiklashi, xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashida ko‘maklashish maqsadida ushbu o‘zgarishlarni amalga oshirmoqdamiz», — deydi Dauti. Uning so‘zlariga ko‘ra, energetika, transport va moliyaviy sektorda qo‘llangan sanksiyalarni yumshatish ko‘zda tutilmoqda. Hukumat, shuningdek, gumanitar ta’minot to‘g‘risidagi nizomni qayta ko‘rib chiqmoqchi.
Tashqi siyosiy idoraning qayd etishicha, Bashar Asadning ag‘darilgan hukumati a’zolariga nisbatan cheklovlar o‘z kuchida qoladi. «Sobiq rejim vakillariga nisbatan joriy etilgan aktivlarning muzlatilishi va safarlariga taqiqlar kuchda qolishi ta’minlaymiz», — deydi Britaniya TIV.
Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan Suriyaning qayta tiklanishiga yordam ko‘rsatish uchun xalqaro hamjamiyat undan sanksiyalarni olib tashlashi kerakligini ma’lum qilgandi. «Oldingi rejimga qarshi joriy etilgan sanksiyalar imkon qadar tezroq olib tashlanishi kerak», — degan Fidan Suriyaning yangi rahbari Ahmad al-Shar’a bilan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Tavsiya etamiz
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Savdo urushlari: Trampning maqsadi nima?
Jahon | 19:21 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi
O‘zbekiston | 12:28
-
Bo‘stonliqda qum-shag‘alni noqonuniy qazish oqibatida 4,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
O‘zbekiston | 12:26
-
“Qiz bola uchun xavfsiz bo‘lgani sabab Abu Dabida o‘qishni tanladim” – NYUAD talabasi Muxlisa Mamatova
Jamiyat | 12:16
-
Trampning ortga tisarilishi. U nega bojlarni 90 kunga muzlatib qo‘ydi?
Iqtisodiyot | 12:13
Mavzuga oid

09:43
Zelenskiy Rossiyaga qarshi «kuchli sanksiyalar paketlari»ni anons qildi

16:53 / 08.04.2025
Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Shar’aning akasi prezident ma’muriyati bosh kotibiga aylandi

00:59 / 07.04.2025
Suriyada hali ham 100 dan ortiq kimyoviy qurol omborlari mavjud - NYT

13:07 / 03.04.2025