Viloyat prokuraturasi ma’lum qilishicha, tumandagi “Keriz” qabristoni hududida manzarali bo‘lgan 17 tup past bo‘yli qayrag‘och va 2 tup ko‘k terak daraxti noqonuniy kesilgan.
Oqibatda o‘simlik dunyosiga 435 mln 750 ming so‘m miqdorda zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.