O‘zbekiston | 19:00 / 12.02.2025
2975
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Iskander Buildings’dan navbatdagi loyiha - “Mezbon” turar joy majmuasi 

10 fevral kuni Toshkent shahrida Iskander Buildings qurilish kompaniyasidan yangi “Mezbon” loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimiga Ulug‘bek Qodirov, Jahongir Latipov, Azoda, Shahlo Zoirova, Hasan Mamasaidov, Zebo Rahimova kabi elimiz suygan san’atkor va blogerlar tashrif buyurishdi.  

Loyiha haqida

“Mezbon” loyihasi Yunusobod tumani 16-mavze ro‘parasida 1 gektar maydonda qad rostlashi rejalashtirilgan. Loyiha 7 ta blokdan iborat bo‘lib, har bir blok 16 qavatdan tashkil topgan. Umumiy xonadonlar soni esa 969 ta. 

Loyihada 1,2 va 3 xonali xonadonlar mavjud bo‘lib, har bir xonadonda 3,21 dan 18,1 kv metrgacha bo‘lgan terrasalar mavjud. Odatdagidek, Iskander Buildings kompaniyasida barcha xonadon egalari uchun terrasalar kompaniya tomonidan bonus sifatida taqdim qilinadi. 

Loyiha manzili qulay bo‘lib, tashqi infratuzilmasi judayam boy hisoblanadi: 

ta’lim muassasalari - 9 ta;

yirik savdo nuqtalari - 6 ta;

kafe va restoranlar - 15 ta;

masjid - 2 ta;

tibbiyot markazlari - 5 ta;

bank - 4 ta.

“Mezbon” loyihasida kundalik hayot uchun lozim bo‘lgan barcha qulayliklar mavjud: bolalar o‘yingohlari, sport maydonchalari, yugurish va velosiped yo‘lakchalari, 2 qavatli yerosti hamda yerusti avtoturargohlari, 2 ta liftga ega zamonaviy kirish yo‘laklari. 

Istiqomat qiluvchilarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida loyiha hovlisida 24 soat davomida ishlaydigan kuzatuv kameralari o‘rnatiladi. 

Ko‘chmas mulk bozorining o‘sishini hisobga olgan holda, “Mezbon” loyihasi yashash uchun sarmoya kiritishda idealdir. Bugungi kunda kompaniyaning ko‘plab mijozlari uylarni kotlovan bosqichida qulay narxlarda xarid qilishadi. 

Kompaniya haqida

Iskander Buildings qurilish kompaniyasi 2019 yil Navoiy viloyatida tashkil topgan. “Mezbon” loyihasi kompaniyaning 4-loyihasi bo‘lib, Zarafshon shahrida 2 ta: “Megapolis” va “Premium” loyihalari qurilgan. Toshkent shahrida ham “Mavrid mavzesi” loyihasining qurilishi jadal davom etmoqda. Ma’lumot uchun: kompaniya 2024 yilning noyabr oyida Zarafshon shahridagi “Megapolis” loyihasini o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

Batafsil ma’lumot uchun: +998787770011

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid