Iskander Buildings qurilish kompaniyasi ikkinchi yirik loyihasini o‘z egalariga topshirdi!

Jamiyat 19:27 2592

26 noyabr kuni Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida Iskander Buildings qurilish kompaniyasining ikkinchi loyihasi - Megapolis loyihasining ochilish marosimi tantanali ravishda bo‘lib o‘tdi. Marosim Zarafshon shahri hokimi Nazirjon Isroilovich tomonidan ochib berilib, estradamizning yorqin yulduzlari jumladan: Nilufar Usmonova, Ulug‘bek Qodirov, Azoda va boshqa blogerlarning chiqishlari bilan davom etdi. Tadbirda tashkil qilingan har xil yutuqli o‘yinlar va bolalar uchun o‘yin maydonchalari mehmonlarga o‘zgacha kayfiyat ulashdi.

Marosim davomida xonadon egalari Iskander Buildings qurilish kompaniyasi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Kun.uz (@kun.uz)

“Zarafshon shahridagi eng baland bino bo‘ldi, bu yerdan uy olib xato qilmaganimni tushunib yetdim”, deydi bir xonadon sohibi.

“Iskander Buildings kompaniyasini ancha yildan beri bilamiz, Zarafshondagi bitirgan uylarini ko‘rib, ishonib xarid qilgan edik. Mana o‘zingiz ko‘rib turibsiz, uyimizni eson-omon oldik, judayam xursandmiz”, deb kuladi mijozlardan biri.

Megapolis loyihasi Zarafshon shahridagi ilk 13 qavatli bino hisoblanib, 681 ta xonadondan iborat. Loyiha o‘zining qulayliklari bilan Zarafshon shahridagi boshqa turar joy majmualaridan ajralib turadi. Har bir kirish qismida 2 tadan zamonaviy lift o‘rnatilgan. Loyiha hovlisida esa bolalar maydonchalari, eko zonalar, workout zonalari mavjud. Bundan tashqari, loyiha bo‘ylab yerusti avtoturargohlari tashkil qilingan. Loyihaning 13-qavatida penthauslar qurilgan bo‘lib, har birida 34 kv metrdan 56 kv metrgacha ochiq terrasalari mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Iskander Buildings qurilish kompaniyasiga 2019 yil asos solingan bo‘lib, ilk bor Zarafshon shahrida “Premium” loyihasini qurib bitirgan. Bundan tashqari, 2024 yilning aprel oyida Toshkent shahrida ham “Mavrid mavzesi” loyihasi qurilishini boshlagan.

Instagram: instagram.com/iskanderbuildings

Sayt: iskanderbuildings.uz

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: