Xalqimizning sevimli aktyori Ulug‘bek Qodirov Iskander Buildings qurilish kompaniyasini tanladi

Jamiyat 13:52 / 30.05.2024 17514

Quyidagi videoda aktyor kompaniyaning Mavrid loyihasi haqida ma’lumot berdi.  

Navoiy viloyatida tashkil topgan Iskander Buildings qurilish kompaniyasi xalq sevgan aktyor Ulug‘bek Qodirovni brend ambassadori deb e’lon qildi.  

“Men bu kompaniya haqida oldin ko‘p eshitganman, Toshkent shahridagi ilk «Mavrid Mavzesi» loyihasi o‘zimga ham ma’qul keldi. Menga qurilish sifati muhim bo‘lgani uchun Navoiy viloyatida qurib bitkazilgan loyihalarini ham o‘rganib chiqdim - qurilish maydonlariga borib, sifat bilan yaqindan tanishdim.                                                                                                  

Kompaniya va mamnun mijozlar bilan yaqindan tanishar ekanman, 5 yillik tajribaga ega, sinalgan qurilish kompaniyasi ekanligiga yana bir bor amin bo‘ldim. Aslida, mening sinovimdan o‘tish judayam qiyin, men uchun eng muhim qadriyat bu - ishonch va o‘zim ishongan kompaniyani yurtdoshlarimga ham ilindim” deb kuladi aktyor.

Loyiha haqida

“Mavrid Mavzesi” loyihasi poytaxtimizning jadal rivojlanib borayotgan manzilida - Sergeli tumani, Qo‘yliq massiv 5 ko‘chasida qurilishi rejalashtirilgan. 

Loyiha 3 blokdan va 14 qavatdan tashkil topgan bo‘lib, umumiy 299 ta xonadonni o‘z ichiga oladi.

Loyihaning noyob jihati bu – 2 m2 dan - 21,6 m2 gacha bo‘lgan terassalardir va bu terassalar kompaniya tomonidan bonus sifatida taqdim qilinadi.

 Barchasi 15 daqiqada  

 O‘z vaqtingizni rejalashtirishingiz va shahardagi kerakli manzillarga tezda yetib olishingiz uchun “Mavrid Mavzesi” loyihalashning zamonaviy konsepsiyasi - 15 daqiqalik shahar tamoyiliga asoslanib rejalashtirilgan. Ushbu uslubning asosiy g‘oyasi uning nomlanishidan kelib chiqadi va bunday loyihalarda aholiga kerak bo‘lgan barcha manzillar 15 daqiqalik piyoda masofada bo‘ladi. 

Loyiha yaqinida:

 -       8 ta bolalar bog‘chasi

-       4 ta avtobus bekati

-       3 ta supermarket (Havas, Korzinka, Makro)

-       5 ta maktab

-       2 ta metro bekati

-       3 ta poliklinika mavjud

Loyiha hududida qator qulayliklar bo‘lib, ular:

    -  yerosti va yerusti avtoturargohlari

-       workout zona

-       kafe

-       do‘konlar

-       zamonaviy jihozlangan bolalar maydonchasi

-       basketbol maydoni

-       velosiped yo‘laklari

-       24/7 kuzatuv kameralari

-       har bir blokda 2 tadan lift

Qurilish sifati

 Kompaniyaning yana bir afzalliklaridan biri turkiyalik malakali mutaxassislarning loyihalarga jalb qilinganidir. 2019 yildan buyon mutaxassislar O‘zbekistonda yashab, qurilish sifatini nazorat qilishadi. Inshootlar sifatini ta’minlash maqsadida ishonchli va bardoshli bo‘lgan M400 beton markasidan foydalaniladi. Shuningdek, chidamliligi va yopishqoqligi bilan ajralib turadigan A500C armatura qo‘llanadi.

 O‘z faoliyatini 2019 yil Navoiy viloyatida boshlagan Iskander Buildings qurilish kompaniyasi qurilish bozorida “Premium” va “Megapolis” loyihalari bilan tanilgan. Umumiy 1000 ga yaqin xonadonlarni o‘z egalariga topshirib, yurtdoshlarimiz ishonchini qozongan Iskander Buildings jamoasi endilikda poytaxtimiz aholisiga ham sifatli va hamyonbop xonadonlarni taqdim etadi!

Murojaat uchun: +998 78 777-00-11

👉 Bot orqali ariza qoldiring

Sayt |Instagram | Telegram | YouTube

Reklama

Ko‘proq yangiliklar: