Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi 25 dekabr kuni Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar, Kuvayt, Ummon va Bahrayn fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy etilganini ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, 2025 yil 4 yanvardan ushbu davlatlarning turizm maqsadida kelgan fuqarolari 360 kunlik muddat ichida Qirg‘iziston hududida ruxsatnomasiz jami 180 kun bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, boshqa maqsadlarda (masalan: ishga joylashish, o‘qish) kirishda tashrif maqsadiga mos keladigan vizalar talab qilinadi.
Qirg‘iziston hukumati ushbu chora-tadbirlar turistlar oqimini rag‘batlantirish va mamlakatning investitsion, ishbilarmonlik jozibadorligini oshirishga qaratilganini qayd etgan.