Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin
Hozir Botkendan Qo‘qonga faqat avtomobil yo‘llari orqali borish mumkin va masofa 91 kilometrni tashkil qiladi. Temiryo‘l qurilishi bu masofani ancha qisqartiradi.

Foto: Emil Sadyrov
Qirg‘izistonda Botken shahridan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi mumkin. Bu haqda Qirg‘izistonning 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy rivojlanish dasturida (.pdf) qayd etilgan.
Dasturga ko‘ra, Botkendan Qo‘qongacha temiryo‘l qurilishi yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, transport infratuzilmasi va savdo aloqalarining yaxshilanishiga xizmat qiladi. Loyihaning batafsil ma’lumotlari keltirilmagan.
Hozir Botkendan Qo‘qonga faqat avtomobil yo‘llari orqali borish mumkin va masofa 91 kilometrni tashkil qiladi. Temiryo‘l qurilishi bu masofani ancha qisqartiradi.
Qirg‘izistonning milliy rivojlanish dasturida Chotqol—Toshkent muqobil avtomobil yo‘lini barpo etish hamda boshqa trassalarni yangilash ham ko‘zda tutilgan.
Ushbu dastur 2030 yilgacha quyidagi maqsadlarga erishishni maqsad qilgan:
- YaIM hajmi – kamida 30 milliard AQSh dollari;
- aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot – 4 – 4,5 ming AQSh dollari;
- yalpi ichki mahsulotning nominal o‘sishining yillik sur’atini 11-12 foizni tashkil etishni ta’minlash;
- davlat tashqi qarzining hajmi yalpi ichki mahsulotning 60 foizigacha bo‘lgan darajada;
- ishsizlik - 5% dan ko‘p bo‘lmagan;
- 2030 yilda asosiy kapitalga yo‘naltirilgan investitsiyalar hajmi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 20 foizdan kam bo‘lmasligi kerak;
- Inson taraqqiyoti indeksi bo‘yicha mamlakat 100 ta davlat qatoriga kirishi;
- Barqaror rivojlanish maqsadlariga (BRM) erishish bo‘yicha mamlakat yuqori 30 talikka kirishi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sakkizta davlat YeIning Belarusga qarshi sanksiyalar paketiga qo‘shildi
Jahon | 01:24
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
Mavzuga oid

22:16 / 11.08.2025
Qirg‘izistonda davlat tilidan foydalanishga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi

13:59 / 11.08.2025
O‘zbekiston qurg‘oqchilikni bartaraf qilish uchun Qozog‘istonga suv yuboradi

07:57 / 09.08.2025
Qirg‘iziston prezidenti OAV to‘g‘risidagi bahsli qonunni imzoladi

14:16 / 07.08.2025