Rossiyada noqonuniy migrantlar soni ma’lum qilindi
Rossiyada 6,3 million migrant istiqomat qiladi, ularning 10 foizdan ortig‘i noqonuniy maqomga egaligi aytildi.

Foto: TASS
Bugungi kunda Rossiyada 670 ming noqonuniy migrant bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi ayollar va bolalar. Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy «Komsomolskaya pravda» gazetasiga bergan intervyusida shu raqamlarni keltirdi.
Uning tushuntirishicha, bu ma’lumot mamlakatga kirgan, lekin patent olmagan, migratsiya organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan va mehnat shartnomasi tuzmagan xorijliklarga tegishli.
Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, noqonuniy migrantlar 30 aprelgacha Rossiyadagi huquqiy maqomini tartibga solishi kerak. Buning uchun ichki ishlar organlariga murojaat qilish, maxsus hisob bo‘yicha tekshiruvdan o‘tish, shuningdek, barmoq izlarini topshirish kerak. Gorovoy so‘zlariga ko‘ra, 1 maydan boshlab migrantlarning o‘z ixtiyori bilan politsiyaga borish va ma’lumotlar bazasiga ma’lumotlarini topshirish imkoniyati yo‘qoladi. Muammoni hal etmaganlar deportatsiya qilinadi.
5 fevraldan boshlab boshqarma tizimida nazorat ostidagi shaxslar reyestri ishlay boshlaydi, unga Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan barcha xorijliklar kiritiladi. Ro‘yxatni kuniga to‘rt marta yangilash rejalashtirilgan. Axborot olish imkoniyati ochiq bo‘ladi, ish beruvchilar, jismoniy shaxslar va davlat idoralari migrantning maqomini bilib olishi mumkin bo‘ladi. Agar xorijlik ro‘yxatga kirsa, unga bir qator xizmatlarni olish cheklanadi. masalan, ishga joylashish, bolalarni bog‘cha va maktablarda ro‘yxatga olish, nikoh va ajralish, hatto chipta sotib olish.
«Ammo asosiysi, bu choralar jazo xarakteriga ega emas. Huquqiy maqomingizni qonuniylashtiring yoki keting», deb tushuntirdi vazir o‘rinbosari.
5 fevraldan politsiyaga migrantni sudga murojaat qilmasdan mamlakatdan chiqarib yuborish vakolati beriladi.
Raqamlarga ko‘ra, o‘tgan yili Rossiyaga 9,5 million xorijlik kelgan, bu 2023 yildagi ko‘rsatkichdan 4,5 foizga ko‘p. 9,3 million kishi mamlakatni tark etgan. Bugungi kunda Rossiyada 6,3 million migrant istiqomat qiladi, ularning 80 foizi MDH davlatlaridan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31
-
Iroqda kuchli qum bo‘ronlari kuzatilmoqda. Mamlakatda aviaqatnovlar to‘xtatildi
Jahon | 19:09
-
Tashqi ishlar vaziriga xorijdagi o‘zbekistonliklarning himoyasi borasida parlament so‘rovi yuborildi
O‘zbekiston | 19:04
-
OpenAI sun’iy intellektning GPT‑4.1 bayroqdor modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 18:53
Mavzuga oid

16:59 / 14.04.2025
«Krokus» teraktida ayblanayotgan tojikistonliklar aqli raso deb topildi

14:07 / 14.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan oila O‘zbekistonga qaytarildi

10:30 / 14.04.2025
Shols Rossiyaning Sumi shahriga zarbasini «vahshiyona hujum» deb atadi

22:54 / 13.04.2025