Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berishicha, hodisa oqibatida skuter haydovchisiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Shuningdek, 31 yanvar kuni soat 12:53 larda Mirobod tumani, Nukus — Mirobod ko‘chalari kesishgan chorrahada 1992 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Cobalt va 1968 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi Hongqi to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida Hongqi haydovchisi tan jarohati olgan va unga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holatlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.