Toshkentdagi sotuv ofislaridan biri yonib ketdi
Tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi Do‘mbirobod city turar joy majmuasining sotuv ofisida yong‘in sodir bo‘layotgani aks etgan videolar tarqaldi. Toshkent shahri FVBga ko‘ra, yong‘in yarim soatda o‘chirilgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Do‘mbirobod city turar joy majmuasining sotuv ofisida yong‘in sodir bo‘lgani aytilgan xabarlar tarqaldi.
Poytaxt FVB matbuot xizmatining xabar qilishicha, 26 fevral kuni soat 02:18 da Tirsakobod mahallasida qurilish olib borilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar tushgan.
Shunga ko‘ra yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 02:21 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 02:46 da qurshab olingan va soat 02:54 da o‘chirilgan.
Hozirda yong‘in sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi
O‘zbekiston | 11:41
-
Isroilda G‘azoda doimiy otashkesim o‘rnatish talabi bilan ko‘p ming kishilik aksiya o‘tkazildi
Jahon | 10:58
-
IIBB arzon narxdagi “dacha”ga oldindan to‘lov qilmaslikka chaqirdi
Jamiyat | 10:41
-
Rossiya O‘zbekistonda bolalar ovqatlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi
Iqtisodiyot | 10:40
Mavzuga oid

07:01
Toshkentda odamlardan intervyu olish bahonasida pul yig‘ib kelgan shaxslar ushlandi

10:41 / 03.07.2025
Chilonzorda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan Lacetti Damas bilan to‘qnashdi

17:42 / 01.07.2025
O‘zbekistonda qurilish oynalarini qayta ishlash uchun utilizatsiya yig‘imi joriy etilmoqda

18:13 / 26.06.2025